Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə18/325
tarix29.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#78123
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   325
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Shaxsning ijtimoiylashuvi.Shaxs ijtimoiv munosabatlar jarayonida shakllanadi. Chunki ta’lim jarayonida bolalarga jamiyat da biiga yashash bilan bog`liq bo’lgan holat va hodisalar o’rgatiladi. Bu jarayonda bpquvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Ularpma`lum ijtimpiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko’rsatma) orttiradilar, ya`ni, ijtimoiylashadilar.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab iaravon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me`yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o’rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a`zosi bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta`sir etadi. Bu ta`sir ta’lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g`oyalar, ijtimoiy muhit ta`sir ko’rsatadi.
Odamlar ijtimoiy me`yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o’rganadilar.
Ijtimoiylashuv iaravoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi hayotiy holatlaiga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba`zan aksi ham bo’ladi: to’liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba`zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko’rsatmaydigan odamlar ham mavjud.
Bu holat ko’p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari,
o’qituvchilar hamda ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama- qarshilik insonparvarlik g`oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin.
Zero, O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham ta`kidlab o’tilganidek, uzluksiz ta’limni tashkil etish, rivojlantirish hamda ta’limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma`naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin