1.O'quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining individual shaxsiy xususiyatlarini o'rganishi:
o'quvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish;
o'quvchilar ichki imkoniyatlariga har tomonlama tavsif berish;
o'qituvchining muloqot madaniyatini to'g'ri tashkil etishi.
2.Shaxsiy muloqotda ro'y beradigan kamchiliklarni darhol bartaraf etishi:
kamchiliklarga barham berish choralarini darhol izlab topish;
har qanday vaziyatda o'quvchilarga qo'pollik qilmaslik; S o'quvchi shaxsini mensimaslik kabi salbiy holatlarni bartaraf etish.
3.O'qituvchi o'zi uchun muloqot madaniyatining eng qulay bo'lgan uslublarini tanlab olishi:
pedagogik faoliyatiga monand muloqot madaniyati modelini ishlab chiqishi;
o'z-o'zini kuzatish bilan muloqotdagi yutuq va kamchiliklarini muntazam taqqoslab borishi;
muloqotda milliy ma'naviyatimiz, urf-odat va an'analarimiz imkoniyatlaridan doimiy foydalanish.
4.Muloqot madaniyatida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan chetga chiqmaslik:
har bir o'quvchining individual xususiyatlariga mos muloqot
tizimini ishlab chiqishi;
muloqotning tarbiyaviy ta'sirini va samarasini e'tirof etish; S muloqot madaniyati asosida pedagogik mahoratni namoyish etish.
Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o'qituvchilar o'z kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida o'quvchilar bilan muloqot madaniyatini shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur.
Ta'lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot ma-daniyati o'qituvchi va o'quvchilarning bevosita o'zaro munosabatini ma'lum bir maqsad sari hamjihatlikka yo'naltiruvchi kuchdir. Bu o'rinda o'qituvchi quyidagi vaziyatlarni e'tiborga olishni alohida ta'kidlash lozim:
- o'qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot mada-niyatiga rioya qilishi, bu jarayonda o'qituvchi va o'quvchilar jamoasi bilan har kungi muomalani vaziyatga qarab rejalashtirishi, har bir harakat, so'z ohangiga e'tibor, an'anaviy muloqotning eng yaxshi xusu-siyatlarini o'zlashtirishi;
- muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish, o'quvchilar xatti-harakatining oldingi holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini qiyoslab chiqib baho berish;
-o'z muloqot uslubi natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, kamchiliklarni uzluksiz bartaraf etib borish. Zarur so'z, ovozdagi yoqimli ohang, hulq-atvorni vujudga keltirish;
- pedagogik muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning shart-sharoitlarini bilib olishning o'zi kifoya qilmaydi, o'quvchilar bilan o'zaro muomalaning "ustoz-shogird" an'analariga xos boshlanishi va o'zaro fikr almashish asosida muhim vazifalarni hal qilish bilan muomala obyektining diqqatini o'ziga jalb qilish;
- muloqot obyekti, ya'ni o'quvchining diqqatini o'ziga jalb qilish deganda nimani anglash kerak? Buning ma'nosi o'qituvchi o'zining xushmuomalaligi, madaniyati, go'zal xulqi, muloqotda o'quvchilar qalbi-ga yo'l topa olishi bilan o'z mahoratini namoyish qilib, muloqot madaniyatining tashkiliy shakllariga ijtimoiy-psixologik negizni asos qilib olishidir.
Ko'rsatib o'tilgan vaziyatlar asosida pedagogik ta'sir ko'rsatish uchun, o'qituvchining pedagogik muloqot madaniyatiga, etikasi va odob-axloqiga, dilkashligiga, muosharat odobiga alohida talablar qo'yiladi. Ushbu fazilatlar o'qituvchining sinf jamoasida, ota-onalar bilan muloqot qila bilishida, o'quvchilar bilan aniq maqsadni ko'zlagan holda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishida va ularni boshqara olishida muvaf-faqiyatlar garovidir.
Kasbiy faoliyatning noyob fazilati bo'lmish pedagogik muloqot madaniyatiga amal qiladigan yosh o'qituvchi quyidagi xususiyatlarni o'zida mujassamlashtirishi lozim:
- mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy talablari va ehtiyojlariga mos bo'lgan yuksak ma'naviyat darajasidagi qarashlar, kuchli va barqaror e'tiqod, davlatimiz ideallari, milliy g'oya va istiqlol mafkurasiga sodiqlik, vatanparvarlik, fidoyilik tuyg'ulari shakllangan ijtimoiy-siyosiy faol shaxs;
- o'quvchilarga samimiy mehr-muhabbat, ularning har qanday ehti-yojlari, qiziqishlari, xatti-harakatlari motivlarini, xulq-atvorlarini tushunish ko'nikmasi va malakasining shakllanganligi;
- jamiyatda ro'y berayotgan hodisalar, jahonda ro'y berayotgan vo-qealar, tabiatga, borliqqa, shaxslararo, guruhlararo, millatlararo muno-sabatlarga nisbatan pedagogik kuzatuvchanlik, yangilikka, ijodiy izla-nishga nisbatan intilish qobiliyatining mayjudligi;
- pedagogik faoliyatning barcha jabhalarida odamlarning xatti-harakatlari, munosabatlaridagi xususiyatlarni oqilona tushunish, o'z faoli-yatiga nisbatan refleksiv munosabatni tarkib toptirish;
- har qanday favqulotda vaziyatlarga, jamiyatda ro'y berayotgan yangiliklarga nisbatan hamda ijtimoiy - iqtisodiy o'zgarishlarga omil-korlik va aql-idrok bilan munosabatda bo'lish, o'z oldiga to'g'ri maqsad qo'ya olish, reja tuzish, bevosita nazorat qilish, boshqarish va o'z imkoniyatlarini namoyon eta olish;
- pedagogik faoliyatlarda, jamoatchilik tizimida muvaqqat guruhiy munosabatlarda ommaviy harakatlarda tashkilotchilik va boshqaruv-chanlik qobiliyatini namoyish etishi;
- dunyoqarashi va tafakkur ko'lamining kengligi, dunyoviy bilim-lami bilishga nisbatan qiziqishining serqirraligi, ilmiy izlanishlarga mo-yilligi, muayyan ilmiy salohiyat va pedagogik mahorat darajasini muntazam oshirib borishi;
- o'quvchilar bilan muloqotda layoqatliligi, nutq madaniyatining mantiqan ixcham, ma'noli, ta'sirchan kuchga egaligi, psixologik ta'sir o'tkazish uslublari bilan qurollanganligi.
Har bir o'qituvchi uchun o'quvchilarga to'g'ri, omilkor axborot uza-tish va unga suhbatdoshini ishontira olishi kasbiy zaruriyat hisoblanadi. Bunda o'qituvchining muloqot madaniyati, ma'naviy olamining kengligi muhim ahamiyatga ega. O'qituvchilarning pedagogik faoliyati uzluksizdir, u pedagogik muloqot madaniyatini muntazam shakllantirib borishida quyidagi yo'nalishlarga e'tibor berishi lozim:
1. Yuksak pedagogik faoliyat nuqtai nazaridan o'z-o'zini anglashi, (muomalada o'zining o'zaro fikr almashishga doir sifatlarini, ijobiy va zaif tomonlarini bilishi) va shu asosda o'zaro fikr almashish yo'li bilan o'z-o'zini tarbiyalashi.
2. Kishilar bilan o'zaro munosabatda kommunikativ iqtidorini shakl-lantirib borishi, muloqot asosida to'g'ri bashorat qilish sezgilarini mashq qildirishi, muloqotda o'zining ideal tasawurlarini, imkoniyatlarini boshqalar (o'qituvchilar jamoasi, o'quvchilar, ota-onalar) qanday baholashi haqidagi refleksiv tasawurlarini tahlil qilishi.
3. O'zida muosharat odobining muhim xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan ixtisoslashtirilgan mashqlar asosida ishlashi.
4. O'quvchilar va ota-onalar bilan tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan turli jamoat ishlarini olib borishi, bunda o'zaro fikr almashish asosida pedagogik tashkilotchilik qobiliyatini takomillashtirib borishi.
5. Muloqot jarayonida paydo bo'ladigan salbiy holatlarni engish ko'nikmalarini shakllantirishi, dilkashlik va xushmuomalalikni rivojlan-tiradigan vaziyatlar tizimini yaratishi.
O'qituvchi muloqot madaniyati asosida faoliyat olib borgan taqdirda ham, o'quvchilar jamoasi orasida turli tushunmovchiliklar, ziddiyatlar paydo boiishi tabiiy hoi. Har qanday tajribali o'qituvchining pedagogik rauloqoti jarayonida o'ziga xos qiyinchiliklar yuzaga keladi. O'quvchilar jamoasida sodir bo'ladigan har qanday pedagogik vaziyatga javobgar shaxs o'qituvchidir. Bu barcha davrlar pedagogik faoliyatida namoyon bo'ladigan tipik hodisa.
Ayniqsa, ushbu holat endigina o'z faoliyatini boshlagan yosh o'qi-tuvchilarning pedagogik faoliyatida muammoli vaziyatlarni paydo qiladi. Yosh o'qituvchilarning o'quvchilar bilan olib boradigan ta'lim-tarbiyaviy faoliyatini doimiy nazorat qilish, ularga to'g'ri yo'nalish berish, barcha o'quv muassasalari pedagogik jamoatchiligiga, ustoz o'qituvchilar zimmasiga yuklatilishi lozim. Pedagogik faoliyatda xato va kamchiliklarga yo'l qo'yadigan o'qituvchining yoshiga va ish tajribasi ko'lamiga odatda o'quvchilar hech qachon e'tibor bermaydilar. Chunki, o'quvchilar yoshidan va tajribasidan qat'iy nazar barcha o'qituvchilarni ustoz deb ataydilar. O'zbekistonda ta'lim-tarbiya va pedagogik mulo-qotning o'ziga xos an'analari, milliyligimizga mos shakl va metodlari mavjud.
Zero, I.A.Karimov asarlarida ta'kidlanganidek, "Mamlakatimizning istiqlol yo'lidagi birinchi qadamlaridanoq, biiyuk ma'naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta'lim-tarbiya tizimini takomil-lashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg 'unlashtirish asosida jahon andozalari va ko 'nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda". Bu ulkan mashaqqatlar evaziga amalga oshirilib kelinayotgan ta'lim-tarbiya soha-sidagi islohotlarning asosiy yo'nalishidir. Hozirgi zamon o'qituvchisidan, hayot sinovlariga bardoshli bo'lish, millat qadriyatlarini anglash, jamiyatda o'zining munosib o'rnini topish, yuksak ma'rifatli va ulkan salohiyatli bo'lish, eng so'nggi zamonaviy texnologiyalarni mukammal bilish talab etiladi.
O'qituvchi o'quvchilar bilan muloqot jarayonida yuz berishi mum-kin bo'lgan turli ziddiyatli vaziyatlarni tezda bartaraf etishi uchun, awalo o'z iqtidoriga, pedagogik mahoratiga tayanishi kerak. Pedagogik muloqot asosida erishiladigan yutuqlar o'qituvchining ijodiy mehnati mahsulidir. Ushbu mehnatning salbiy va ijobiy tomonlari bo'lishi shubhasiz. Har bir vaziyatni oqilona baholash, uni to'g'ri rejalashtirish, tarbiyaviy jarayonlarda aql-idrok bilan muloqotni tashkil etish zarur.
O'qituvchi bilan o'quvchilarning muloqotda bir-birlarini o'zaro tushunmasliklari, muloqot vositalarining qashshoqligi, har bir o'quv-chining ruhiyatiga qarab muomala qilinmasligi, barchaga bir xil majburiy itoatkorlik munosabati, o'quvchilarni tor doiradagi intizomga chaqiravchi emotsional jihatdan salbiy tus berilgan buyruq shaklidagi muloqot doimiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Pedagogik muloqot usullari ustida ishlashning asoslangan tizimini tuzish uchun, har bir o'qituvchi o'zining muammolaridan, yoi qo'yilgan kamchiliklaridan kelib chiqib, qiyinchiliklarni tahlil qilish bilan bartaraf etishi lozim.
Pedagogik muloqotga doir barcha mashqlarning umumiy yo'na-lishini mavjud pedagogik vaziyatlarda malaka hosil qilish uchun, har bir muloqot ishtirokchilarining imkoniyatlarini ochishga ko'maklashuvchi uning shaxsiy hislatlarini rivojlantirib borishni ta'minlovchi vositalardan foydalanish taklif qilinadi. Muloqotga ba'zi o'quvchilarning subyektiv qarashlarini aniqlash, shu o'quvchi bilan muloqotni oqilona hal qilinishi uchun zarur bo'lgan vazifalarni belgilash, uning xulqini tuzatish yoki unda shunchaki ishonch kayfiyatini yaratish kerak.
Mazkur vaziyatlarda o'zaro harakatlarning tizimli vositalari majmu-asi quyidagicha belgilanishi mumkin:
• muloqot jarayonida tarbiyalanuvchi obyektning javob harakati imkoniyatlarini oldindan ko'ra bilish;
• obyektda psixologik to'siq va salbiy qarashlarni keltirib chiqa-ruvchi vositalarni qo'lga kiritish;
• vaziyatning o'zgarishiga qarab foydalanish mumkin boigan muloqotlarning bir nechta modeliga ega bo'lish;
• o'quvchilar jamoasi fikrlarini tinglash, ularning mulohazalariga qo'shilish, ularga hamdardlik ko'nikmasini rivojlantirib borish;
• o'zaro muloqot natijalarini baholash va erishilgan yutuqlar hamda kamchiliklarni pedagogik-psixologik vositalar asosida taqqoslash.
Pedagogik faoliyat va pedagogik muloqot xarakteri o'qituvchining shaxsi, uning qarashlari nuqtai nazarlarida va xulqida namoyon bo'la-digan g'oyaviy siyosiy saviyasi, professional tayyorgarligi va bilishga intilishi bilan uzviy bogiiq. Bu asosiy hislatlardan tashqari o'qituvchining umumiy va boshqa qobiliyati, uning moyilligi xarakteri, muvaq-qat psixik holatlari, shuningdek, to'plangan tajribasi muhim ahamiyatga ega. O'qituvchi shaxsining professional jihatlarini va o'z-o'zini tarbiyalash yoilaridan biri o'zining sifat va hislatlarini, shuningdek, pedagogik faoliyat va muloqotlarining barqaror xususiyatlariga, o'qituvchi bilimining saviyasi va tarbiyalanganligi natijasida erishilgan natijalarini tahlil qilishga doir mashqlarda ham namoyon bo'ladi.