Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi
Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur?
Avvalo u o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim beradigan fanlardan pedagogik texnologiyalarga asolangan ma’ruza, seminar, amaliy va labaratoriya mashg‘ulotlarini ta’minlashi.
Pedagogik va axborot texnologiyalari hamda o‘quvchilar o‘quv faoliyatini faollashtiruvchi metodlarni pedagogik va axborot texnologiyalarning so‘nggi yutuqlarini uyg‘unlashtirish malakasiga ega bo‘lishi;
Ta’lim muassasalarida fanlarni o‘qitish mazmuniga mos ravishda pedagogik tizimni loyihalay olish;
Ta’lim beradigan fanlar turkumini rivojlantirish istiqbollarini ochib berishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni muntazam amalga oshira olishi;
Ta’lim tarbiyaviy faoliyatda jahonning rivojlangan mamlakatlarida pedagogika va psixologiya sohasida erishilayotgan ilg‘or tajriblarni amalda modernizatsiya qilgan holda qo‘llashi;
O‘rta Osiyo mutaffakkirlarining pedagogik qarashlari va ma’naviy meroslaridan ta’lim- tarbiyaviy faoliyatda foydalana olishi;
Darsning barcha turlarida, mashg‘ulotlarda zamonaviy axborot texnoligiyalari asosida o‘qitish metodlaridan foydalanish;
O‘qitiladigan fan turkumi bo‘yicha avtomatlashtirilgan ta’lim tizimi uchun amaliy dasturlar paketini yaratishi lozim.
Zamonaviy o‘qituvchi qiyofasidagi shaxs pedagogik-psixologik jihatdan yuksak tayyorgarlikka ega bo‘lishi uchun unda quyidagi fazilatlar namoyon bo‘lishi kerak:
O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy va siyosiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab etishi hamda bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni bera olishi lozim.
Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan texnika, texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan habardor bo‘lishi talab etiladi;
O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur, puxta bilimga ega bo‘lishi, o‘z ustida tinimsiz izlanishi shart;
O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, ta’lim tarbiyaviy faoliyatda o‘quvchilarning yosh va psixoligik xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘z faoliyatini tashkil etishi kerak;
Ta’lim tarbiyaviy faoliyatda pedagogik va axborot texnologiyalarning eng samarali shakl, metod va vositalaridan unmli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
O‘qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi davr talabidir;
O‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar orasida obro‘-e’tibor qozonishini ta’minlaydi.
Dars-ta’lim jarayonining asosiy tashkiliy usuli bo‘lib, unda sinf dars tuzilishining barcha xususiyatlarini aks etadi.
Darsda o‘qituvchi rahbarligida har bir o‘quvchining bilim olish xususiyatlari hisobga olinadi. O‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlarini rivojlantirish va ma’naviy axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda shakllantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.