O‘zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyatning
shakllanishi
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O‘zbekistonning siyosiy mustaqilligini mustahkamlashga, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo‘naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o‘tkazildi. Siyosiy hayotni tubdan yangilash ishlarining mohiyatini anglash uchun eski mustabid tuzumdan qanday siyosiy meros qolganini yana bir karra eslash zarur bo‘ladi.
Ma’lumki, O‘zbekiston 130 yil davomida siyosiy qaramlik, mustamlakachilik zulmini boshidan kechirdi. Respublikamiz boshqa sobiq Ittifoq respublikalari singari o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan mahrum etilgan edi. Xalqlarning xohish-irodasiga e’tiborsiz qoldirilib, milliy davlatchilik inkor etilgan. Ko‘plab sohalarda, xususan siyosiy sohada cheklanishlar yuz berib, xalq o‘z yurtboshisini tanlash va saylashdan mahrum etildi. Respublika rahbari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar boshliqlari ham “Markaz” tomonidan tayinlanardi. Barcha narsada unga to‘laligicha qaram edi. Oddiy ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy masalalar ham markazning ruxsatisiz hal etilmas, mustaqil faoliyat yuritishga bo‘lgan urinishlar juda og‘ir oqibatlarga olib kelar edi.
Mustaqillik sharofati bilan bunday holatga barham berildi. Davlvtimiz o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilab, milliy davlatchilikni tiklash, demokratik-huquqiy davlat barpo etish, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritishni yo‘lga qo‘ydi. Mustaqillik davlat boshlig‘ini, hokimiyatning vakillik organlarini xalq tomonidan demokratik yo‘l bilan erkin saylab qo‘yilishini ta’minladi.O‘tish davrida siyosiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri O‘zbekistonda qonun chiqaruvchi oliy davlat vakillik organi — parlamentni shakllantirishni ta’minlashga qaratilgan edi. Bunda xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillarga va rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanildi. O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qalangan paytda 1990 yil 18 fevralida saylangan qonun chiqaruvchi hakimiyat organi - Oliy Kengash faoliyat ko‘rsatmoqda edi. U o‘z faoliyatini boshlagan paytda sobiq sovet tuzumining qonunlari amalda bo‘lgan. Mustaqil O‘zbekistonning mustaqal taraqqiyoti dastlab ana shu qonunlar doirasida boshlandi. SHunday bo‘lsa-da Oliy Kengash O‘zbekistonning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish yo‘lidan bordi va uni qadam-baqadam shakllantira boshladi. 1990 - 1994 yillarda Oliy Kengash 200 ga yaqin qonun, 500 dan ziyod qaror1 qabul qildi, mamlakatimiz tarixida birinchi bor mamlakat Prezidentini sayladi, Mustaqallik Deklaratsiyasini qabul qildi, Oliy Kengashning O‘zbekiston Mustaqlligi haqadagi tarixiy qonunlarni, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyani qabul qalganligi ham yurtimiz tarixidagi ulkan hodisalar hisoblanadi.
Ijtimoiy taraqqiyot, mamlakatning o‘ziga xos rivojlanish yo‘lidan qat’iy borishi, avvalo, O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyatlarini tashkil etishning yangicha tamoyillarini ishlab chiqishni takrzo etardi. Ma’lumki, yangi Konstitutsiyaning V bo‘limi davlat hokimiyatini tashkil qilish tamoyillarini o‘z ichiga oladi. SHu bo‘limning XVIII bobi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirishga bag‘ishlangan va uning 76-moddasida: «O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi»1, — deb mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, respublikamizda bir palatali parlament — Oliy Majlisni shakllantirishga kirishildi.
O‘zbekistonda Konstitutsiya talablari asosida izchil ravishda siyosiy islohotlar amalga oshirildi. 1993 yil 28 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XIV sessiyasida bo‘lib o‘tdi. Unda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida» qonun qabul qildi. 1994 yil 22 sentyabrda esa Oliy Kengashining XVI sessiyasi o‘tkazilib, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida» qonun2 qabul qildi. Bular qonunlar Oliy Majlisning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Ularda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo‘ladi, deb belgilab qo‘yildi. Mazkur qonunlarda Oliy Majlisga saylanish huquqiga saylov kuni 25 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari egadirlar, bunda ularning kelib chiqishi, ijtimoiy va moddiy axvoli, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, faoliyat turi bo‘yicha hech qanday cheklanishlarga yo‘l qo‘yilmasligi qayd etilgan. Ayni paytda mazkur qonularda Oliy Kengash - Oliy Majlis deb nomlash asosida tub islohotlarni qonunchilik sohasida amalga oshirish zaruriyati kun tartibiga qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994 yil sentyabrda bo‘lib o‘tgan XVI sessiyasidan so‘ng O‘zbekistonda yangi qonun chiqaruvchi organ Oliy Majlisni shakllantirish uchun amaliy choralar ko‘rila boshladi. Sessiya qaroriga muvofiq 1994 yil 25 dekabrida Oliy Majlisga, viloyat, shahar va tuman kengashlariga saylovlar belgilandi.
1994 yil 25 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi marta ko‘ppartiyaviylik asosida saylov o‘tkazildi. Davlatning qonun chiqaruvchi organiga saylovlar O‘zbekiston tarixida birinchi marta ko‘ppartiyalik asosida bo‘lib o‘tdi. Saylovchilar ovoz berishda nomzodlarning faqat shaxsigagina emas, balki ularning nomlarini deputatlikka ko‘rsatgan partiyalarning dasturlari, saylovoldi platformalariga ham ahamiyat berdilar. Saylovchilar birinchi marta nomzodlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Nomzodlardan birontasi ham etarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995 yil 8 va 22 yanvar kunlari qayta saylov bo‘ldi. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi.1
YAngi parlamentni demokratik yo‘l bilan shakllantirishning mamlakatimiz tarixidagi ilk tajribasi bo‘ldi. 1995 yil 23 - 24 fevral kunlari yangi saylangan Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Islom Karimov «O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari» to‘g‘risida keng qamrovli ma’ruza qildi. «Vakillik xokimiyatini vujudga keltirishning jahondagi eng demokratik tizimlaridan biri tashkil etildi. O‘zbekiston Parlamenti — Oliy Majlis ilk marta ko‘ppartiyaviylik asosida saylandi»2, — dedi Prezident I.A. Karimov. Sessiyada parlamentchilikning demokratak asoslarini yanada rivojlantirishga e’tibor berilib, rahbariyat kengaytirilib rais va to‘rt kishidan iborat rais o‘rinbosarlari saylandi. E.X. Xalilov yakdillik bilan Oliy Majlis raisi, B.I. Bugrov, B.A. SHodieva, A.Q. Qosimovlar ham bir ovozdan rais o‘rinbosarlari qilib saylandilar.3
Mustaqillik yillarida Oliy majlisning xalqaro parlament tashkilotlari bilan aloqalari kengaydi va chuqurlashdi. O‘zbekiston Milliy parlament guruhi tuzildi, respublikaning Parlamentlararo Ittifoqdagi, Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Parlament Assambleyasidagi va Evroparlament bilan aloqalar bo‘yicha parlament guruhlarining rahbarlari tasdiqlandi. Oliy Majlis xay’atlari Parlamentlararo Ittifoq 93 va 94 - konferensiyalarida ishtirok etdi.1
Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995—1999 yillarda 15 ta sessiya o‘tkazdi. Sessiyalarda 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qilindi.2 Amaldagi qonunlarga jami 216 ta qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritildi. SHuningdek, Oliy Majlis 70 ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi (tasdiqladi), xalqaro konvensiyalarga qo‘shilish to‘g‘risida 58 ta qaror qabul qildi.3
SHuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, respublikada mustaqilligidan boshlab 2005 yilga qadar respublikada bir palatali parlament tizimi amal qildi. Ushbu davrda O‘zbekiston parlamenti – Oliy Majlis yurtimizda milliy davlatchilikni barpo etish, demokratik tamoyillarni qaror toptirish va fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish, umuman barcha sohalarda keng ko‘lamdagi islohotlarni hayotga tadbiq etuvchi qonunlarni qabul qildi.
Ikki palatali parlament tuzish g‘oyasi 2000 yil 25 may kuni ikkinchi chaqiriq O‘zekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida ilgari surilgan. Bunda Prezident I.A. Karimov o‘zining «O‘zgarish va yangilanish - hayot talabi» nomli ma’ruzasida ikki palatali parlament tuzish g‘oyasini ilgari surdi. «Bizning jamiyatimiz, — degan edi I.A. Karimov o‘shanda, — tez sur’atlar bilan o‘zgaryapti. Odamlar ma’naviy ulg‘ayish yo‘lida ildam qadam tashlayapti. Bu - uzoqni kuzlagan siyosatimiz, ezgu maqsad yo‘lidagi intilishlarimiz natijasidir... SHu holatlarni nazarda tutib, men doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o‘tish taklifini qiritmokchiman».4
2001 yil 6 - 7 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi. Oliy Majlis 2002 yil 27 yanvar kuni kelgusi chaqiriqda ikki palatali parlamentni shakllantirish masalasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Referendumda ovoz berish byulleteniga “Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?" degan savol kiritildi.
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazish bo‘yicha tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalarini o‘z vaqtida tashkil etdi. Referendum qatnashchilariga o‘z xohish-irodalarini erkin bildirishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Referendum 2002 yil 27 yanvar kuni keng demokratik asosda, ochiq va oshkora, keng jamoatchilik vakillari, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning tashabbuskor guruhlari kuzatuvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Referendumda ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan 13.266.602 nafar fuqarolarning 12.113.070 nafari yoki 91,58 foizi ishtirok etdi.1
Referendum natijalaridan so‘ng bu borada kerakli huquqiy hujjatlarni qabul qilish masalasi ko‘tarildi. 2002 yil 12-13 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning o‘ninchi sessiyasi xalqimizning xohish-irodasi bilan „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida" va „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida" Konstitutsiviy qonunlarni2 hamda ularni amalga kiritish to‘g‘risida qarorlarni qabul qildi. SHuningdek, 2003 yil 24 aprelda „O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi3 Qonun qabul qilindi.
O‘zbekistonda ikki palatali parlament darhol tuzilmaydi. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis bir palatali parlament sifatida u saylangan muddatda 2000 - 2004 yillarda faoliyat yuritaveradi. Ikki palatali parlament 2004 yilning dekabr oyida o‘tkaziladigan saylovlar asosida shakllantiriladi. Quyi palataga saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida 120 ta deputat saylanadi. Senat 100 ta senatordan iborat bo‘ladi.
SHuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra Oliy Majlis tarkibi yuqoridagi holatdadir. Biroq davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan Oliy Majlis palatalari tomonidan yaqinda qabul qilingan (2008 yil dekabr) “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun asosida Oliy Majlis tarkibi o‘zgarmoqda. CHunonchi, siyosiy partiyalarinng parlament quyi palatasidagi vakilligini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasi 1-qismiga kiritilgan o‘zgartirish bilan Qonunchilik palatasidagi deputatlik o‘rinlari soni 120 dan 150 taga oshirildi. Bunda 135 nafar deputat ko‘ppartiyaviylik asosida bir mandatli hududiy saylov okruklaridan saylanadi. Mamlakatimizning ma’muriy- hududiy bo‘linishidan kelib chiqib, O‘zbeksiton Ekologik harakatigi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 15 nafar deputatni saylash huquqi berildi.1
Dostları ilə paylaş: |