Organik modda tarkibidagi galloidlar xar-hil usullar bilan aniqlanadi.
Ulardan eng ko’p qo’llaniladigani Beylshteyn va Stepanov usullaridir.
Stepanov usuliga ko’ra galloidni aniqlash uchun modda tarkibidagi galogenni ion holiga o’tkazish kerak. Chunki organik moddalarning kovalent bog’li galogen birikmalari dissotsiyalanmaydi. Buning uchun moddaning spirtdagi eritmasi natriy metali ishtirokida reaksiyaga kiritiladi. Ma’lumki, spirt bilan natriyning o’zaro ta’siridan natriy alkogolyat hosil bo’lishi jarayonida vodorod ajralib chiqadi. Bu vodorod galloidli birikmani qaytaradi. Ion holiga o’tgan galloid vodorod bilan vodorod galogenid hosil qiladi. Eritma suv bilan suyultiriladi. Natijada vodorod galogenid dissotsiyalanadi eritmada erkin galloid ioni hosil bo’ladi. U kumush nitrat ta’sirida cho’kma hosil qiladi.
Ish tartibi:probirkaga 10 ml sinalayotgan modda va 10 ml etil spirt solib aralashtirib, unga 5 gr natriy metali tushiriladi. Probirkada shiddatli reaktsiya boradi, aralashma loyqalanadi, chunki spirtda yomon eriydigan osh tuzi hosil bo’ladi. Natriy to’la reaktsiyaga kirishib bo’lgach probirkadagi aralashmaga 20 ml distillangan suv quyiladi. Aralashma kislotali muhitga ega bo’lishi uchun unga 10 ml 10% li nitrat kislota eritmasidan tomiziladi. So’ngra 5% li kumush
nitrat eritmasidan 10 ml qo’shiladi. Shunda pag’a-pag’a oq cho’kma kumush xlorid hosil bo’ladi:
Na+2C2H5OH 2C2H5ONa + H2
2CH3Cl+3H2 2CH4 + 3HCl
O
Na+H Cl
O
H
+ Na Cl
NaCl + AgNO3 AgCl +NaNO3
Tekshirilayotgan birikma tarkibida brom yoki yod bo’lsa cho’kma sariq rangda bo’ladi[59].