Z. M. Bobur nomidagi Andijon Davlat Universiteti


Kerosinning tibbiyotdada ishlatilishi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə18/31
tarix23.11.2022
ölçüsü1,81 Mb.
#69959
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Z. M. Bobur nomidagi Andijon Davlat Universiteti

Kerosinning tibbiyotdada ishlatilishi.


Kerosin dori sifatida halq tabobatida XIX asrdan buyon ishlatilmoqda, biroq bu mavzuga qiziqish misli ko’rilmagan darajada ortib bormoqda. Lekin jamiyatning bunga o’xshash davolash uslubiga munosabati bir xil emasdir. Rasmiy tabobat bu masalaga o’ta salbiy munosabat bildirmoqda, kerosinni davolash maqsadida ishlatish tarafdorlari uni barcha dardlarga davo deb aytmoqdalar.
Yerning qoni deya atalgan neftni qadimdan ko’p teri kasalliklariga ishlatishganlar. 1823-yilda neftni qayta haydash yo’li bilan kerosinni kashf etilganidan keyin undan tashqi va ichki kasalliklarni davolashda foydalanish xalq orasida keng tarqaldi.
Kerosin (bakteritsit) zararsizlantirish va parazitlarga qarshi xususiyatlarga ega hisoblanadi, limfani qo’zg’atuvchi va to’qimalarni eritish hususiyatiga ega.
Bugungi kunda kerosin quyidagi kasalliklarni davolashda ishlatiladi;

  • Asab kasalliklari.

  • Pay cho’zilishi, suyak chiqishi, lat eyish.

  • Angina, sinusit, rinit.

  • Nafas yo’llari kasalliklari.

  • Turli xil shishlarda.

  • O’pka kasalliklari.

  • Teri-tanosil ( ekzema, psoriaz, temiratki, so’gal ).

  • Qon kasalliklari.

  • Bosh og’rig’i.

  • Oshqozon – ichak trakti.

  • Siydik, jinsiy organi surunkali kasalliklarida.

  • Yurak qon tomir sistemasi.

  • Bo’yin og’riqlari.

  • Onkologik ( saratonni yuqori cho’qqisi ) va bundan tashqari bir qancha kasalliklarni davolashda qo’llaniladi.

Kerosin bilan davolash bolalar uchun nojoizdir. Bundan tashqari terisiga, shilliq qoplamalariga yoqmaydigan hamda allergik reaksiyasi bor kishilarga tavsiya etilmaydi[52].

II-bob. Tajribaviy qism.


    1. Kerosinning fizik ko’rsatkichlarini o’rganish. Suyuqliklarning qaynash temperaturasini aniqlash.

Suyuq organik moddalarning tozaligi ularning qaynash temperaturasini o’lchash bilan aniqlanadi. Qaynash temperaturasini aniqlash uchun sinalayotgan modda qaynagach, modda bug’i termometr simob ustunini ma’lum ko’rsatgichigacha ko’tarishi orqali uning qaynash temperaturasi aniqlanadi. Bu ayni moddaning qaynash temperaturasi deb yuritiladi.
Quyida sinalayotgan modda suyuqlikning qaynash temperaturasi Sivolobov usuli bilan aniqlash keltirilgan.

1-rasm. Suyuqliklarning qaynash temperaturasini aniqlash.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin