Z. M. Bobur nomidagi Andijon Davlat Universiteti



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə4/31
tarix23.11.2022
ölçüsü1,81 Mb.
#69959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Z. M. Bobur nomidagi Andijon Davlat Universiteti

ikkinchi bosqich: XX-asrning birinchi yarimiga kelib neftni qayta ishlash sanoati neftdan benzin, kerosin, dizel yonilg’isi kabi qimmatli mahsulotlarni ajratib olish, ularni sifatini oshirish maqsadida ikkilamchi qayta ishlash jarayonlarini amalga oshira boshladi. Ikkilamchi qayta ishlash jarayonini amalga oshirishda xom-ashyoga turli termik va kimyoviy metodlar ta’siri natijasida neftdan birlamchi mahsulotlarni ajratib olishdan iborat bo’ldi.

XX-asrning birinchi yarimida neftni ikkilamchi qayta ishlash jarayonini nazariy asoslari va sanoat usullari joriy qilina boshlandi. Neftni og’ir fraksiyalaridan termik kreking yodamida benzin olishni asosiy printsiplari o’rganilgan bo’lib, 1913 yili AQSh da termik krekinglash orqali bosim ostida gazoel fraksiyasini ajratuvchi birinchi qurilma ekspluotatsiya qilina boshlandi.
XX-asrning 20-30 yillariga kelib avtomobilchilik sanoatini rivojlanishi natijasida detonatsiyaga chidamli benzinga bo’lgan extiyoj yanada ortdi. Yuqori oktan sonli antidetanatsion benzin olish uchun bu davr distilyatlarini katalitik krekinglash jarayonlarini yaratish, yaxshi to’yinmagan uglevodorodlarni izobutan bilan alkillash, alkenlarni polimerlash oqali benzin sifatini oshirishni talab qila boshladi[4].

  1. uchinchi bosqich: XX-asrning ikkinchi yarimida dunyo bo’ylab neftni qayta ishlash sanoati jadal suratda rivojlana boshladi. Bu jarayonni quyida keltirilgan jadvalda ko’rishimiz mumkin;

    1. jadval

Neftni qayta ishlash samaradorligining ko’rsatkichlari.



Mamlakat nomi

Ishlatilgan neftni mln. t dagi miqdori.

1960 yil

1970 yil

1975 yil

1987 yil

AQSh

399,2

535,6

613,1

758,6

Yaponiya

27,5

167,5

219,8

226,5

Fransiya

33,3

100,4

110

96,2

Italiya

30,7

116,4

95,2

127,1

Britaniya

43,7

100,9

93,8

89,3

Germaniya

27,8

106,4

92,9

81,7

Kanada

37,9

58,3

83,5

92,7

1950 yilga kelib neftni qayta ishlash jarayoniga katalitik kreking, platina katalizatori ishtirokida katalitik riforming, distilyatlarni gidrogenlash orqali tozalash kabi ikkilamchi qayta ishlash jarayonlarini joriy etish orqali neft mahsulotlarini sifatini, yoqilg’i va organik sintez uchun xom-ashyo miqdorini sezilarli darajada oshirdi. Neft mahsulotlaridan sintetik yog’ kislotalarini, sintetik spirtlarni, poliolefinlar, sun’iy tolalar, sintetik kauchuk, mineral o’g’itlar ishlab chiqarila boshlandi. Neftdan olinadigan xom-ashyo ilgari texnik maqsadlarda ishlatilinayotgan bug’doy, kartoshka va yog’ kabi qimmatli oziq-ovqat mahsulotlarini tejalishiga olib keldi[5].


Natijada neft mahsulotlariga bo’lgan talab ortib, yildan-yilga neftni qayta ishlash uchun sarflanadigan neft miqdori ortib bordi. Quydagi jadvalda Rossiya Federatssyasining 1990 yildan 2005 yilga qadar yoqilg’iga bo’lgan ichki extiyojini foizlarda taqqoslash keltirilgan;

    1. jadval

Yoqilg’ilarni foizlarda taqqoslanish ko’rsatkichlari.



Mahsulot nomi

1990 yil

1995 yil

2000 yil

2005 yil

Aviabenzin

100

85,7

85,7

85,7

Avtobenzin

100

95-108

86-100

83-95,5

Dizel yonilg’isi

100

94-102

103-115

113-123

Aviatsiya kerosini

100

88,5-98

89-103

96-113

Mazut yonilg’isi

100

82-91

68-81

60-67

Yuqoridagi jadvaldan xulosa qilishimiz mumkinki neft va undan olinadigan mahsulotlar kimyo sanoatining bugungi kundagi kamayib boryotgan yoqilg’i zaxiralaridan biri hisoblanadi. Uning butkul tugashini kutish esa bugungi kundagi mavjud xom-ashyo bazasini taxchilligiga olib keladi.


Bugungi kunda avtomobillarga o’rnatilayotgan siqilgan tabiiy gaz va suyultirilgan gaz qurilmalarini yoqilg’i tanqisligini oldini olishda ishlatilayotgan alternativ variantlardan biri deb qarash mumkin. Ammo bu bilan cheklanib qolmasdan yanada yangi manbalarni ishlash payida bo’lishimiz lozim[6].

    1. Yüklə 1,81 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin