Z. M. Bobur nomli


Kurs ishining maqsadi va vazifasi



Yüklə 47,02 Kb.
səhifə2/9
tarix01.07.2022
ölçüsü47,02 Kb.
#62592
1   2   3   4   5   6   7   8   9
01 Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgalik

Kurs ishining maqsadi va vazifasi: Kurs ishida ta’lim muassasalarida o‘quvchilar bilan jismoniy tarbiya darslari tashkil etish jarayonlari o‘rganildi. Jismoniy tarbiya darslarining maqsad va vazifalari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish shakllari va uslublari tahlil etildi.
Kurs ishida maktabda o‘quvchilar bilan tashkil etiladigan jismoniy tarbiya darslari, tarkibi, qismlari, darslarda o‘quvchilarga beriladigan jismoniy yukalamalar, darslarni o‘quvchilar qiziqishi, jismoniy qobiliyatlari hamda shaxsiy xususiyatlariga muvofiq tashkil etish masalalari o‘rganilgan.
O‘rgatishni sinf-dars shakli qadimga olimlar tomonidan umumlashtirilib nazariy asoslab bergan. Ya’ni o‘quvchilarni yoshlarini bir xilda bo‘lishi, jismoniy tayyorgarligi, darsni aniq vaqti, uning dars jadvalidagi o‘rni, darsda o‘qituvchining rahbarlik o‘rni, darsga qo‘yilgan vazifalarni albatta hal etilishi belgilab berilgan. Keyinchalik jismoniy mashqlar mashg‘ulotning xilma-xil tizimi vujudga keldi. Keyinchalik gimnastika, qilichbozlik, otda yurish, o‘yinlarni xilma –xil dars sxemalari ishlab chiqildi. O‘quvchilar jismoniy tarbiyasining maqsadi – maktab o‘quv kursini tugallanish davrida, har xil sharoitlarda, hayotiy, zaruriy harakat faoliyatlarni boshqara bilishlik va jismoniy mashqlar mashg‘ulotiga muntazamlik talabini vujudga keltirishdan iborat.
Har bir o‘quv yilining maqsadi ma’lum sinf uchun maktab programmasida ko‘rsatilgan materialni o‘zlashtirib olishdan iborat. Dars seriyalari va o‘quv chorak maqsadi bo‘lgan aniq mashqlarni o‘zlashtirib olish: masalan, uzunlikka sakrashni o‘rganib olishdan iborat. Hamma bu biri ikkinchisidan kelib chiqadigan maqsadlar har bir darsga aniq vazifalarni qo‘yish yo‘li orqali amalga oshiriladi.
Jismoniy tarbiya metodikasida hamma vazifalar, yo‘naltirilishi nuqtai nazardan kelib chiqib, uch gruppaga bo‘lish qabul qilingan: ta’lim, sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy.
Biroq, bu guruhga bo‘lishlik shartlidir. Masalan: jismoniy sifatlarni tarbiyalash bo‘yicha ishlarni biz sog‘lomlashtirish vazifasiga kiritamiz, uni ahamiyatini hisobga olgan holda qomatni shakllantirish uchun organizmni xamda organlari va sistemalarni yaxshi ishlashlari uchun imkoniyat yaratamiz. Zaruriy jismoniy sifatlar darajasini rivojlantirmay turib, jismoniy mashqlarga muvaffaqqiyatli o‘rgatib bo‘lmaydi, shunday ekan ularni tarbiyalash bo‘yicha ishlarni ta’lim vazifasiga ham taaluqli deb hisoblash mumkin. Jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayonidagi qiyinchiliklarni bosib o‘tishda o‘quvchi irodasi, qobiliyatliligini, botirligini tarbiyalaydi, bu esa odamning qator ruhiy sinflarini vujudga kelishida katta ahamiyatga ega. Shuning uchun o‘qituvchi amaliy ishlarda jismoniy mashqlarni o‘rgatish, sog‘lomlashtirish va tarbiya masalalarini hal etadi. Bu vazifalarni alohida-alohida ko‘rib chiqilishi ularning har birini mohiyatiga chuqurroq kirish maqsadida amalga oshiriladi.
Jismoniy tarbiya tizimining asosiy tamoyili jismoniy madaniyat va sportning kishilar mehnati va mudofaa faoliyati bilan aloqasi hisoblanadi. Amaliyotda jismoniy madaniyat va sportdan mehnatni ilmiy tashkil qilishda (MIT), kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik (KAJT) va harbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik (HÀJT) deb ataladigan shakllardan foydalaniladi.
Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan:
— o‘quvchilarning mehnat operatsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun ularga zarur jismoniy sifatlar to‘g‘risida, kasb haqida amaliy bilimlarni o‘rgatish;
— o‘quvchilarda bo‘lajak mutaxassislikning ishlab chiqarish mehnatiga ta’sir ko‘rsatadigan harakat, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
— ularda jismoniy va ruhiy sifatlarni tarbiyalashga, mehnat operatsiyalarini hamda kasbni tez o‘zlashtirishga ta’sir ko‘rsatish;
— ishlab chiqarishda toliqishning oldini olish, kuchlarni tez va to‘liq tiklash uchun faol dam olish vositalaridan foydalanishga o‘rgatish;
hayot faoliyati, mehnat operatsiyasi jarayonida kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikni oshira borib, ishlayotganlar o‘rtasida ishlab chiqarish shikastlanishining oldini olish.
O‘rta maxsus o‘quv muassasalarining jismoniy tarbiya dasturida o‘quvchilarni KAJTning nazariy asoslari bilan tanishtirish ko‘zda tutilgan. Chunonchi, ularni ayrim kasbiy-amaliy jismoniy mashqlarga o‘rgatish, asosiy jismoniy sifatlarni o‘zida tarbiyalash hamda ularni kasbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha oddiy musobaqalarda qatnashishga tayyorlash shular jumlasidandir.
KAJTning vazifalarini tushunishda kerakli bilim, ko‘nikma va malakani egallash, ularni amaliyotda samarali qo‘llash, mutaxassislarning mehnat sharoitlarini oqilona tahlil qilish, ularning jismoniy tayyorgarligiga bo‘lgan talablarini o‘rganish muhim hisoblanadi.



  1. Yüklə 47,02 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin