Z. M. Bobur nomli


MEHNAT FAOLIYATINING ASOSIY DAVRIDA JISMONIY TARBIYA



Yüklə 47,02 Kb.
səhifə3/9
tarix01.07.2022
ölçüsü47,02 Kb.
#62592
1   2   3   4   5   6   7   8   9
01 Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgalik

MEHNAT FAOLIYATINING ASOSIY DAVRIDA JISMONIY TARBIYA

O’smirlik va balog’at yoshida jismoniy tarbiyaning ahamiyati va masalalari
Mamlakatimizda bugungi kunda yoshlar umumiy va o’rta maxsus kasb- hunar ta'limini 18-19 yoshlariga borib egallaydilar. 19 yoshdan 28 yoshgacha bo’lgan davrni yoshlik deb hisoblash qabul qilingan. Bu yoshda insonlarning kattagina qismi o’z mehnat faoliyatining asosiy davriga kiradilar. O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari safida xizmat burchlarini bajaradilar, oliy o’quv yurtlarida ta'lim olib, tanlagan ixtisosliklari bo’yicha mutaxassis bo’lib yetishadilar. Yoshlik davrida, ayniqsa, uning birinchi yarmida, inson organizmining jadal jismoniy rivojlanishi davom etadi va bu ko’pchilik somatik hamda fiziometrik alomatlarning, jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkichlarining ortishiga olib keladi. Bu davrda sportning barcha turlari bilan shug’ullanish va yuqori sport natijalariga erishish uchun qulay zamin yaratiladi.
Keyinchalik, balog’atga yetgandan keyin - 29 yoshdan 55 yoshgacha ayollar va 60 yoshgacha erkaklar organizmida jismoniy rivojlanishning ayrim ko’rsatkichlari bo’yicha avvaliga barqarorlashish, keyinroq esa asta-sekinlik bilan barcha imkoniyatlarining pasayishi boshlanadi. Shu bilan birga, gavda og’irligi, nafas olish sur'ati, sistolik bosim ortib borish tomonga, jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkichlari esa pasayish tomonga o’zgaradi. Natijada, organizmning umumiy faoliyat qobiliyatiga salbiy ta'sir ko’rsatadigan jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkichlarining o’zgarishida disgarmoniya (tartibsizlik) sodir bo’ladi. Yosh ulg’ayib borgan sayin organizmning umumiy faoliyat qobiliyatiga salbiy ta'sir kuchayadi. Bu hodisa, odatda, ayollarda 35 yoshdan va erkaklarda 40 yoshdan namoyon bo’la boshlaydi hamda aynan shu keyingi davrni ushbu yosh chegarasida ikkiga (birinchi va ikkinchi davrlarga) bo’lish mumkin.
Mehnat faoliyati xususiyatlari ushbu davrning har bir yosh bosqichida quyida keltirilgan jismoniy tarbiya masalalarining ixtisoslashganligini belgilaydi.


Yoshlik davri.
l.Organizm, organlarning turli vazifalari va harakatlanish qobiliyatlari o’zaro uyg’unligining ta'minlanishi asosida salomatlik, jismoniy va aqliy ishlash qobiliyatining yuksak darajaga erishishi.
2. Ishlab chiqarish va mudofaa faoliyatida hamda kundalik hayotda kerak bo’ladigan harakatlanish ko’nikma va malakalarining, ma'naviy-ruhiy va irodaviy sifatlarning takomillashuvi.
3. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bilan mustaqil shug’ullanish uchun bilim, ko’nikma va malakalarning mustahkamlanishi.
4.Sport bilan faol shug’ullanishga va yuksak sport natijalariga erishishga qiziqishni saqlash va kuchaytirish.

Yüklə 47,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin