bo‘lganligi uchun ko‘p narsa unga g‘aroyib va yangi bo‘lib ko‘rinadi. Vaziyatga ko‘ra bolaning hissiyot va emotsiyalari ham ijobiy (muhabbat, xursandchilik), ham salbiy (jahl, nafrat) bo‘lishi mumkin. Agar bola ehtiyojlarini qondira olish imkoniyatiga ega bo‘lsa ijobiy kechinmalar (stenik kechinmalar) hosil bo‘ladi. Bordi-yu, vujudga kelgan vaziyatda bola o‘z ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, salbiy (astenik) emotsional kechinmalar paydo bo‘ladi. Umuman olganda, bolalar hayotiy vaziyatlarga optimistik munosabatda bo‘ladilar, ularga tetik, hayotdan mamnunlik kayfiyati xos. Emotsiya va hissiyotlaming ontogenezdagi rivojlanish qonuniyatlarini, shuningdek, shartlari va yosh xususiyatlarini hisobga olish bolalarda maktabga psixologik tayyoigarlikni shakllantirish imkonini beradi. Maktabga psixologik tayyorgarlikning asosiy komponentlaridan biri emotsional tayyoigarlikdir. Bu tayyoigarlik nafaqat maktabda ta’lim boshlashni xursandchilik bilan kutib olish, balki shu bilan biiga oliy hissiyotlaming ancha rivojlangan bo‘lishi, bola shaxsining emotsional xususiyatlari shakllangan bo‘lishini taqozo qiladi. www.ziyouz.com kutubxonasi
14.1. Bog‘cha yoshidagi bolalarda irodaviy faoliyatlarning tarkib topishi Irodaviy harakatlar ma’lum maqsad asosida amalga oshiriladigan, to‘la anglangan harakat bo‘lgani uchun bunday murakkab harakatlar hali chaqaloq bolalarda bo‘lmaydi. Chaqaloq bolalardagi faollik asosan bctiyorsiz, reflektor harakatlardan iborat bo‘ladi. Chaqaloq bolalar o‘zlarining bironta ham harakatlarini idora qila olmaydilar. Masalan, kichkina bola o‘ziga yoqqan yoki uni qiziqtiigan biror narsani ko‘igan