undovchisi bo‘lib xizmat qiladi va emotsional javobni uyg‘otadi. Bolada oliy (ahloqiy hissiyotlar, bilish xissiyotlari) shakllanishi uchun unda yaxshilik va yomonlik go‘zallik va xunuklik haqida tushuncha hamda bilish ehtiyoji shakllangan bo‘lishi lozim. Hissiyotlar asta-sekin shakllanib boradi. Dastlab bolalar hodisalaming to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’nosini, keyinchalik ulaming umumiy ma’nosini tushunadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun oliy hissiyotlaming qo‘shilib ketganligi xos. Bolalar estetik kechinmalami chaqiruvchi ob’ekt va hodisalarni ham, estetik kechinmalarni uyg‘otuvchi ob’ekt va vositalami ham, intellektual kechinmalami yuzaga keltiruvchi ob’ekt va hodisalami ham “yaxshi” degan umumiy baho bilan baholaydilar. Boshqacha aytganda, bu davrda bola uchun yaxshi narsa — bu chiroyli, bu mehribon, bu qiziqarli narsadir. Aynan bir ob’ekt o‘zida estetik, axloqiy hissiyotlami jamlagan kechinmalami uyg‘otadi. Keyinchalik maxsus axloqiy va estetik mezonlar asosida analiz qilish va baholash ko‘nikmasi shakllangach, sinkretik (qo‘shilib, birlashib ketgan) hissiyotlar estetik, axloqiy intellektual hissiyotlaiga differentsiallashadi (ajraladi). Oliy hissiyotlar 2-3 yoshdan boshlab shakllana boshlaydi. Oliy hissiyotlarga intellektual, estetik va axloqiy hissiyotlar kiradi. Bilish faoliyati jarayonida yuzaga chiqadigan hissiyotlar intellektual hissiyotlar deyiladi. Bularga qiziquvchanlik, hayron bo‘lish, yangilikdan zavqlanish, xushchaqchaqlik hissi kiradi. Xushchaqchaqlik hissi maktabgacha yoshdagi bolalarda voqelikni bilish jaryonida namoyon bo‘ladi. Atrof olam haqida to‘g‘ri tasawurlarga www.ziyouz.com kutubxonasi