stress holatini yuzaga keltiradi. A.I.Mishkis va L.G.Golubevaning ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar yangi sharoitlaiga moslashishi uchun 2 oytalabqUinadi. Odatiy vaziyatning buzUishi affektiv reaksiyalar shuningdek, qo‘rquvni keltirib chiqishi mumkin. Affekt (qisqa muddatU, jo‘shqin kechadigan salbiy emotsional reaksiya) bosh miya p o‘stlog‘i boshqaruv funksiyasning sustUgi natijasi bo‘lishi ham mumkin. www.ziyouz.com kutubxonasi
Bolalardagi o‘zgarish tormozlanishdan ustun kelishi mumkin. Bola ijobiy emotsiyalarning jo ‘shqin ifodalanishini tormozlay olmasligi tufayli qarama- qarshi (salbiy) emotsiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, jo‘shqin xursandchilik ko‘pincha yig‘i va ko‘z yoshi bilan tugaydi. 13.3. Maktabgacha yoshdagj bolalarda oliy hislarning rivojlanishi Maktabgacha yoshdagi bola faoliyatining vaqt stkrukturasida emotsiyalaming tutgan o‘mi asta-sekin o‘zgarib boradi: dastlabki bosqichlarda kechinmalar erishilgan natijaning emotsional bahosi sifatida yuzaga kelsa, keyingi bosqichlarda harakatlami bajarguncha oldindan emotsional sezish shaklida vujudga keladi. L.Z. Neverovich o‘tkazgan tajribada 4-6 yoshli bolalar ma’lum ketma-ketlikda 19 ta aylanachani terib chiqib piramidalar yasashi kerak edi. Bolalar vazifani nafaqat ishning ahamiyati ularga tushuntirilganda (piramida o‘yin o ‘ynash uchun kerakligi tushuntirilganda), shu bilan birga vaziyatni oldindan emotsional sezish hosil qilinganda yaxshi bajarishgan. Vaziyatni oldindan emotsional sezishni hosil qilish uchun eksperimentator bolalaiga rasmlar ko‘rsatadi. Birinchi rasmda yoyilib yotgan aylanachalar oldida yig‘lab o‘tirgan bolalar tasvirlanganj