fikrda ekanligini yaxshi bilishi mumkin. Ammo nega aynan shunday fikrda ekanligini anglamaydi. Aynan ongsiz kognitiv strakturalar fikrining muayyan yo‘nalishda bo‘lishini belgilab beradi. L.S.Vigotskiyning izlanishlarida intellektual va affektiv jarayonlaming o ‘zaro munosabatiga katta e’tibor berildi. Olimning fikricha, eng katta xato intellektual soha bilan affektiv sohani bir- www.ziyouz.com kutubxonasi
biridan mustaqil hodisalar sifatida talqin etishdir. Affektiv soha bilan munosabatsiz tafakkur fikrlovchi insonning hayotiy qiziqishlari, intilishlari, mayllaridan ajralib qolgan avtonom oqimga aylanib qoladi. Natijada tafakkur inson hayotidagi hech narsani o ‘zgartira olmaydigan keraksiz narsaga aylanadi. L.S.Vigotskiyning quyidagi fikri uning bu boradagi asosiy g‘oyasini aks ettiradi: “Kimki awal boshidanoq tafakkumi affektdan ayirsa, u tafakkuming o ‘rganish yo‘lini o ‘zi uchun to‘sib qo‘ygan bo‘ladi”. J.Bmner o‘z ilmiy qarashlarida ancha dadil g‘oyalami ilgari surgan. Uning taxminiga ko‘ra, har qanday fanni har qaysi yoshdagi bolaga samarali o‘rgatish mumkin. Bunda faqatgina har bir yosh bosqichida bola olamni o‘ziga xos tarzda ko‘rish va tushuntirishini etiboiga olish hamda o‘rgatiladigan narsani bolaning qarashlariga monand talqin etish talab qilinadi. Demak bugungi kunga kelib kognitiv ta’lim masalasiga qiziqishning yanada kuchayishiga asosiy sabab ta’lim berish sohasidagi inqirozli vaziyatdir. Kognitiv taiim sohasidagi tadqiqotlar maxsus taiimiy dasturlar yordamida individning kognitiv faoliyatini takomillashtirish imkoniyatlarini o ‘rganishga y o ‘naltirilgan. Mazkur ta iim metodlarining asosiy maqsadi — intellektni rivojlantirish, ya’ni taiim