kuzatish olib borish orqali talabaning o‘z xususiyati va o ‘quvchilarga xos bo‘lgan xususiyatlami qayd etib borish. 0
‘zini yoki o‘quvchilami kuzatish jarayonida talabada turli-tuman savollar tug‘iladi. Ushbu savollarga javob topish uchun esa u ilmiy manbalarga, darsda o‘rganilgan bilimlarga murojaat qiladi. Shu tariqa mazkur mustaqil faoliyat turi psixologik bilimlaming o‘zlashtirilishiga yordam beradi. 4.Badiiy asarlar va biografik materiallami tahlil qilish — badiiy asarlar qahramonlarining shaxsi, xulq- atvorini tahlil qilish orqali uning psixologik qiyofasini tasawur qilish, yozuvchi yoki olimning biografik xarakterdagi asarini tahlil qilish orqali uning shaxsiy xususiyatlari haqida tasawur hosil qilish. 5
.Psixologik eksperimentlar o‘tkazish — kursning biror mavzusi doirasida u yoki bu psixologik hodisani namoyish etuvchi tajribani tanlash va mustaqil ravishda amalga oshirish. 6
.Psixologik bilimlar qo‘llanilishini talab qiluvchi masalalami echish - egallangan bilimlardan foydalanib talabalaming qo‘yilgan muammoli masalani hal etishi. Muayyan hayotiy muammolami hal etishda psixologik bilimlardan foydalanish, birinchidan, ushbu bilimlami yanada mustahkamroq egalashga, ikkinchidan, nazariy bilimlami amaliyot bilan bog‘lashga yordam beradi. Masalalami yechish, savollar javobini gumh bo’lib flkrlashish, muhokama yuritish yo‘li bilan izlash samaraliroq natijalarga olib boradi. Talabaning psixologiya bo‘yicha bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirishga yordam bemvchi vositalardan yana biri darsdan tashqari mashg‘ulotlardir. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda talabalar kitob bilan ishlashning ko‘nikma va malakalarini egalaydilar, kuzatish