Laboratoriya № 1 Yosh davrlari va pedagogik psixologiya metodlari. 1. Psixologo-pedagogik tadqiqotning asosiy bosqichlarini izohlab berish. 2. Kuzatish sxemalarining namunalari asosida talabalarga o ‘z sxemalarini ishlab chiqishni taklif etish. Kuzatish maqsadlari: a) yangi materialni o ‘zlashtirishda o ‘quvchilar uchrayotgan qiyinchiliklami aniqlash; c) o‘qituvchining darsda o ‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lish xususiyatlarini aniqlash; d) darsda o ‘quvchilarning javob berishda uchrayotgan qiyinchiliklarini aniqlash; e) o‘quvchilaming darsdagi muvaffaqiyatli harakatlari va ularga nisbatan o‘qituvchi reaktsiyasini aniqlash (ushbu maqsadlardan biri tanlanishi mumkin). 3. Anketa namunalari bilan tanishish asosida yangi kichik anketani ishlab chiqishni talabalaiga taklif etish. Laboratoriya № 2 Bog‘chagacha va maktabgacha yosh davrlarga xos psixologik xususiyatlar 1. Talabalaiga quyidagi masalalami ochib chiqishni taklif etish: a) hayotning 1-yili yakuniga kelib bola psixik rivojlanishidagi www.ziyouz.com kutubxonasi
asosiy yutuqlar; b) go‘dakning kattalar bilan bo‘lgan muloqoti; c) nutqning rivojlanishi; d) maktabgacha yoshdagi bolalaming yetakchi faoliyati; e) maktabgacha yoshdagi bolalaming psixikasidagi asosiy o‘zgarishlar; 2. Talabalaiga “Katta odam va bola” roli o‘yinini taklif etish. Talabalar juft-juft qilib ajratiladi. Rollar almashib — almashib ijro etiladi. “Bola”ga u “katta odam”ga berishi lozim boigan savollar kartochkasi beriladi. Agar “katta odam” toiiq javob bermasa, “bola”