o ‘tgan narsalami bemalol eslay oladilar, masalan, bolaga ko‘z o‘ngida bo‘lmagan narsaning nomini aytsangiz, u ko‘zlari bilan chor atrofga qarab shu narsani izlay boshlaydi. Bola xotirasining rivojlanishida nutqining o ‘sishi juda katta ahamiyatga ega. Bu davrda bola narsa va hodisalami faqat bevosita ko‘rish orqali emas, balki shu narsa va hodisalaming nomlari orqali ham idrok qila oladigan bo‘ladi. Bundan tashqari ular kattalardan so‘rab bilib olish, eshitish orqali ham o‘z xotiralarini boyitadilar. Ilk bolalik davridagi bolalarda xotiraning barcha jaraycnlari ko‘rina boshlaydi. Masalan, kichik yoshdagi bola dastawal mexanik ravishda, ya’ni ma’nosiga tushunmasdan esda olib qolaveradi. Buning o‘ziga xos jihati bor, albatta. Birinchidan, yuqorida aytib o‘tganimiz kabi bolalarda turmush tajribasi juda oz bo‘ladi, ular ko‘p narsalami hali mutlaqo bilmaydilar, lekin hayotda to‘qnash kelganlari sababli eslarida olib qoladilar. Ikkinchidan, bolalar asab tizimining plastikligi, ya’ni juda egiluvchanligi kattalamikidan ham ustunroq bo‘ladi. Ana shu sababli bolalarga mexanik esda olib qolish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi
Bolalarda ma’nosiga tushunib esda olib qolish ham juda erta rivojlana boshlaydi. Masalan, ilk bolalik davridagi bolalar o‘zlari yoqtiigan hikoyalaming ayrim qahramonlarini yaxshi ko’radilar, ba’zilarini esa yomon ko‘radilar. Umuman, hikoyalaming mazmuni bolalarga ta’sir qilib, ularda ma’lum tuyg‘u-hissiyotlami uyg‘otadi, bu esa bolalar hikoyaning mazmunini tushunayotganliklaridan darak beradi. Ilk bolalik davridagi bolalarda dastlab ixtiyorsiz esda olib qolish va