bola 9-10 oylik boiganda yura boshlaydi. Bolaning mustaqil tarzda yura boshlashi uning hayotida nihoyat katta hodisadir. Bola yura boshlagandan so‘ng uning psixik taraqqiyoti uchun juda katta imkoniyatlar yuzaga keladi. Yura boshlagan bolaning faolligi kun sayin ortib, erkin harakat qilish doirasi kengayadi. Bemalol yura oladigan bola tor uy doirasidan tashqariga chiqish inkonoyatiga ega boiadi. Bu esa idrok doirasini kengaytirib mazmundor bo‘lishiga yordam beradi. www.ziyouz.com kutubxonasi
Olti-yetti oylik bolalarda taqlid qilish harakatlari paydo boia boshlaydi. Bola psixikasining taraqqiyotida taqlidning roli juda kattadir. Bola juda ko‘p harakatlami va nutqni asosan taqlid qilish orqali egallaydi. Bolani besh-olti oylikdan boshlab nutqni tushunishga o‘igata boshlash lozim. Buning uchun bolaga o ‘yinchoq yoki biron narsani bir necha marta nomini aytib ko‘rsatish kerak. Keyinchalik bolaga ba’zi narsalaming nomi aytilganda, u ko‘zlari bilan shu narsani qidirib topadigan boiadi. Bu narsa bolaning kattalar nutqini tushuna boshlaganidan darak beradi. Bola nutqni ozmi-ko‘pmi tushuna boshlaganidan so‘ng unga faqat narsalaming nomi emas, balki ayrim sodda harakatlaming nomlarini o ‘rgata boshlash lozim. Harakatning nomini og‘zaki takrorlab ayni vaqtda shu harakatning bajarilishini ham bir necha marta ko‘rsatilsa, bola harakatning nomini eshitishi bilan uni bajarisliga o ‘rganadi. Masalan, chapak- chapak, deb takrorlab turib chapak chalinsa bola shu so‘z aytilishi bilan chapak chaladigan, yosh bolaga “assalom alaykum”, deb ta’zim qilib ko‘rsatilsa, bola shu so‘zni eshitishi bilan ta’zim qiladigan boiadi.