vositalar bilan amalga oshirilmaydi, u um um lashm a shaklda
o‘zlashtirilishi mumkin emas. Munosabat har doim individualdir. Biroq
munosabat harakat bilan chambarchas bog‘liq. U harakatni keltirib
chiqaradi, o‘zi ham harakat davomida shaklanishi va o‘zgarishi mumkin.
Munosabat harakat manbai ham,
natijasi ham boiishi mumkin,
ammo bo‘lmasligi ham mumkin. Chunki munosabat har doim ham
tashqi faollikda namoyon bo‘lmaydi. Qolaversa, inson ayni damda
yoki umuman mavjud boimagan, faqat uning o ‘z ongida mavjud
narsalar bilan ham qandaydir munosabatda b o iish i mumkin.
V.N.Myasishchevning ta’kidlashicha, munosabat sub’ekt va ob’ekt
mavjud b o ig a n joyda vujudga keladi.
O dam ning psixologik
munosabatlari uning ob’ektiv voqelik bilan boigan ongli aloqalami
ifodalaydi V.N.Myasishchev mazkur voqelikning 3 kategoryasini
ajratib ko‘rsatdi: 1) tabiat hodisalari va narsa buyumlar olami; 2)
odamlar va ijtimoiy hodisalar; 3) sub’ektning o‘zi.Tabiatni idrok etish
ko‘p jihatdan ijtimoiy tajriba ta’siriga tobe boiadi, odamning o‘ziga
b o igan munosabati uning boshqalarga b o ig a n munosabati va
boshqalaming unga bo‘lgan munosabati bilan belgilanadi.
Shu sababli
psixologik munosabatlar tizimida V.N.Myasishchev odamning boshqa
odamlar bilan boigan munosabatlari birinchi darajali ahamiyatga
ega, deb hisoblaydi. V.N.Myasishchevning ta’kidlashicha, odamning
atro f voqelikka b o ig a n m unosabatining turlariga ehtiyojlar,
emotsiyalar, qiziqish va e’tiqod kiradi.
V.N.Myasishchev o ‘z ilmiy qarashlarida munosabatning bilish
jaiayonlari bilan bo‘lgan aloqasini yoritib berishga uringaa Idrok voqelikni
hissiy aks ettirish shaklidir. Idrokning mustahkamligi faol ijobiy
munosabatni talab qiladi, ob’ektga nisbatan befarq munosabat hukmron
boigan sharoitda idrok jarayoni ham beqaror boiadi.
Idrokning
tanlovchanligi ham turli ob’ektlaiga nisbatan inson turiicha munosabatda
bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Biron maiumotni mustahkam eslab qolish
ham unga bo‘lgan qiziqish va emotsional munosabatga bog‘liqligi ko‘plab
tajribalarda o‘z tasdig‘ini topgan. Tafakkur voqelikni bilvosita aks ettiradi,
ammo tafakkuming mantiqiy shakli bo‘lgan hukmlarda ham shaxsiy
munosabat ifodalanadi. Shu tufayli aynan bir hodisa haqidagi har xil
insonlaming hukmlari bir-biridan farqlanishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Insonning rivojlanishi masalasini ham V.N.M yasishchev
munosabatlaming shakllanishi bilan chambarchas bog‘laydi. Kuzatishlar
va tabiiy eksperimentlaming ko‘rsatishicha, shartsiz reflektor ta’sirida
reaktivlik paydo bo‘ladi. Ikki yoshdayoq hali unchalik barqaror bo‘ lmasa-
da, bolada uning muayyan narsa va hodisalaiga bo‘lgan munosabatini
ifodolovchi “xohlayman-xohlamayman”, “kerak-kerak emas”, “qiziq-
qiziq emas” kabi so‘zlar jo‘rligida amalga oshiriladigan reaktsiyalami
kuzatish mumkin.
Eng muhimi, bola reaksiyasining mazmuni
ishlatayotgan so‘zlaming mazmuni bilan hamohangdir. Ikki-uch
yoshdan boshlab bolalar ancha aniq ifodalanuvchan b o ‘luvchi
tanlovchan munosabatlami namoyon etadilar. Bu munosabatlar orasida
ota-onasiga, bolalaiga, taibiyachilaiga, o‘yinlaiga bo‘lgan munosabat,
ayniqsa, yorqin ko‘zga tashlanadi. Munosabatlaming ayrim xususiyatlari
bu yoshdayoq xarakteming
sifatlari - mustaqillik, tashabbuskorlik,
muloqotchanlik va boshqalarda namoyon boiadi. Ushbu yosh davrida
munosabatlar vaziyat bilan bog‘liqligi va tez o‘zgaruvchanligi bilan
ajralib turadi. Munosabatlaming xarakteri va rivojlanish darajasiga qarab
mazkur yosh davrida bolaning voqelik bilan bo‘lgan munosabatlari
yanada murakkablashadi va turli—tuman boia boshlaydi. Munosabatlar
tizimida yangilik — oiladan tashqari majburiyatlar va majburiy o‘quv
faoliyatining paydo bo‘lishi yuz beradi. Bu davrda munosabatlar tizimi
ob’ektiv zarurat talablari bilan belgilanadi. Shu tariqa V.N.Myasishchev
insonning pixik rivojlanishi uning atrof voqelik va eng awalo boshqa
odamlar bilan boigan munosabatlari
tizimining murakkablashib,
kengayib borishiga bog‘liq boiadi, degan g‘oyani ilgari suradi.
Shunday qilib, rus psixologlari - L.S.Vigotskiy, A.N.Leontyev,
V.N.Myasishchev ilmiy qarashlarining qisqacha tahlili shuni
ko‘rsatadiki, ushbu olimlaming izlanishlarida inson psixik taraqqiyoti
masalasi markaziy o ‘rin egallagan. Har bir olim o‘z ilmiy yondashuviga
ega boigan boisa-da, ulaming barchasini psixik taraqqiyotning
manbalari va qonuniyatlari bilan bog‘liq muammolar qiziqtiigan. Rus
psixologlarining ushbu muammolami o‘iganish sohasida qo‘lga kiritgan
yutuqlari psixologiya fanining, shu jumladan, bolalar psixologiyasining
taraqqiyoti uchun xizmat qildi va qilib kelmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi