Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi Z Nishanova, G
2.3. Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari An’anaviy ravishda tadqiqot metodlari asosiy va yoidamchi metodlarga
ajratiladi. Asosiy metodlar — kuzatish va eksperiment — bola taraqqiyoti
haqida ishonchli ma’lumot bera oladi. Yordamchi metodlar — test,
so‘rov, faoliyat mahsullarini o‘iganish — tasvirlovchi maiumot berib,
bu maiumot asosida faqatgina taxminlami ilgari surish mumkin boiadi.
Kuzatish. Kuzatish — psixologik tadqiqotning asosiy empirik metodlaridan
biri boiib, psixik hodisalami maqsadga muvofiq va tizimli ravishda
idrok etishga asoslangandir. Kuzatish — tadqiqot vazifalaridan kelib
chiqib maxsus tashkil etilgan idrok jarayonidir. Kuzatish quyidagi
talablaiga javob berishi kerak:
1. Kuzatishdan oldin uning maqsadi aniq belgilanishi kerak: bola
psixikasi, xulq-atvori va faoliyatining qaysi tomonlari kuzatilishini
aniqlashtirish lozim.
2. Kuzatish ob’ektiv bo‘lishi kerak: kuzatishda faqat u yoki bu
holat, hodisani qayd etish, uni sub’ektiv talqin etishga o‘tmaslik lozim.
3. Kuzatish muntazam, katta vaqt oraliqlarisiz o‘tkazilishi kerak.
4. K u zatish sh u n d ay o ‘tk a z ilish i k erakki, bola u n in g
kuzatilayotganini bilmasligi lozim.
Kuzatishni amalga oshirayotgan tadqiqotchi kuzatilayotgan
hodisalami tez qayd eta olish mahoratiga ega boiishi zarur.
Kuzatishning quyidagi turlari mavjud:
a) ichki kuzatish, tashqi kuzatish va kiritilgan kuzatish;
b) standartlashtirilgan va standartlashtirilmagan kuzatish;
c) frontal va tanlanma kuzatish.
K uzatish m etodining asosiy kam chiligi shundaki, unda
kuzatilayotgan hodisalarga faol ta’sir ko‘rsatish, ulami o‘zgartirish,
kuzatish amalga oshirilgan vaziyatni xuddi shunday ko‘rinishda
qaytadan yaratish imkonsisdir. Shunga qaramay bu metod haligacha
asosiy psixologik metodlardan biri bo iib kelmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi