Bolalar kattalaming gaplariga tushunadigan bo‘lgach, har xil ertak va hikoyalami qiziqib tinglaydigan bo‘ladi. Bolalar o‘zlari biladigan, o‘zlariga yaxshi tanish bo‘lgan narsalar haqidagi hikoyalami joni dili bilan eshitadilar. Har bir hikoyani eshitganda bolada xilma-xil tasawurlar yuzaga keladi. Bola bu tasawurlari yordamida xayol qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bola hikoyalami eshitish orqali olgan tasawurlarini so‘zlar bilan ifodalaydi. So‘z esa bolaning narsalami boshqacha idrok qilishiga, ulaming boshqa narsalarga o‘xshashligini aniqlashiga va ana shunday o ‘xshashliklami aniqlash asosida yangi obrazlar, yangi tasawurlar yaratishiga yordam beradi. Ilk bolalik davridagi bolalarda barcha psbdk jarayonlar ma’lum darajada rivojlanar ekan, bu umuman ular ongining rivojlanishiga zamin yaratadi. Tili chiqib, idrok va tafakkuri anchagina o‘sgan bola tevarak-atrofdagi har xil narsalaiga ongli munosabatda boia boshlaydi. Bola o‘zining turli ehtiyojlarini anglab, o ‘zining shaxsini shakllantira boshlaydi. Mashhur fiziolog I.M.Sechenovning tili bilan aytganda, bola ana shu davrdan boshlab, o ‘z sezgilarini tevarak-atrofdagi narsalardan ajratib, o ‘z -o ‘zini anglay boshlaydi. Bu yoshdagi bolalaming so‘z boyligida o‘z shaxsini bildiruvchi “men” degan olmosh tez-tez uchrab turadigan boiadi. Ana shu tariqa bola juda elementlar tarzda boisa ham o ‘zini shaxs sifatida anglay boshlaydi. Binobarin, ana shu davrdan boshlab ilk bolalik davridagi bolalaming shaxsiy (individual) xususiyatlari kamol topa boshlaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi
BOLA 0 ‘YIN FAOLIYATINING PSIXOLOGIK XARAKTERISTIKASI 6 . 1. 0 ‘yin b o g ‘c h a y o sh id ag i b o la la rd a y e ta k c h i fao liy at
s ifa tid a