tushunish va tushuntirish uchun awalgi bilimlar kamlik qiladi) o‘rtasidagi ziddiyat tufayli paydo boiuvchi vaziyat. Muammoli vaziyat belgilari: o ‘quvchiga notanish maiumotlaming mavjud boiishi; vazifalarni bajarish uchun talaba-o‘quvchilarga beriladigan ko‘rsatmalar; yuzaga kelgan bilim mashaqqatini hal qilishda ulaming shaxsiy manfaatdorligi. Muammoli o‘qitishda qoilanadigan metodlar jumlasiga quyidagilar kiradi: ijodiy, qisman ijodiy yoki evristik, axborotni muammoli bayon qilish, axborotni muammoli boshlash orqali bayon qilish. Mazkur metodlar orqali o ‘quvchi oldiga muammoli vaziyatlar, hal etilishi кегак boigan vaziyatlar qo‘yiladi. 0
‘quvchi masalalaming yechimini bilmaydi, ammo o‘zidagi awal egallangan bilim va ko‘nikmalaiga asoslanib yechimni topishga tushadi. Ta’limning interaktiv metodlari jumlasiga insonni faol fikrlashga undaydigan metodlar kiradi. Mazkur metodlar taiim jarayonida o‘quvchilami ta’limning faol ishtirokchisiga aylantirishga xizmat qiladi. Ular yordamida tashkil etilgan ta’lim jarayonida o‘quvchi ta’limning boshqa ishtirokchilari bilan faol o‘zaro munosabatga kirishadi. Natijada ta’lim tom ma’noda ijtimoiy hodisaga aylanadi. Amaliyotda keng qoilanayotgan interaktiv metodlar quyidagilardan iborat: “fikrlar hujumi” metodi, “tarmoqlar” metodi, “bumerang” metodi, “loyiha” metodi, “3x4” metodi va boshqalar. Shuningdek, o‘quvchilaming ta’lim jarayonidagi bilish faoliyatini faollashtirish maqsadida pedagogik o‘yinlardan keng foydalaniladi. Pedagogik o‘yinlar intellektual o‘yinlar, ishchan o ‘yinlar, innovatsion o ‘yinlar, trening o ‘yinlari, sahnalashtirilgan o‘yinlami o‘z ichiga oladi. Bu o‘yinlar o‘quvchilar bilimini kengaytiradi, ularda mustaqillik, muloqotchilik, irodaviy