Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi Z Nishanova, G
iboratki, ilk bolalik yoshining oxiriga kelib bola ayrim tushunchalami bilib olishga va bu tushunchalarning eng muhim belgilarini o‘zlashtirishga muvaffaq boiadi. Uch yoshga toiay deb qolgan bola katta yoshdagi hamma odamlaming ishga barvaqt ketishlarini juda yaxshi biladi. Agar bu yoshdagi bolaga “dadang endi barvaqt ishga ketmaydi” deyilsa, u hayron boiib qoladi. Chunki katta odam boigan dadasining ishga bormasligi uning tushunchasiga to‘g‘ri kelmaydi. Uning tushunchasida hamma katta odamlar barvaqt ishga ketishi kerak. Shuning uchun hech bir o‘ylab o‘tirmay, “dadam kattalar-ku?” deb javob beradi. Lolalar tushunchalardan foydalanib, sodda xulosalar chiqarishga o‘rgana boshlaydilar. Ular bir necha hukmlardan foydalanib katta, kichik, baland, past, ko‘p, oz kabi sodda xulosalar chiqara oladilar, bu esa tafakkuming yanada rivojlanishi uchun zamin yaratadi. j lk bolalik davridagi bolalarda murakkab psixik jarayonlardan biri boimish xayol anchagina rivojlana boshlaydi. Lekin bu asosan ixtiyorsiz xayol boiadi^Ular hali maium maqsad asosida ixtiyoriy www.ziyouz.com kutubxonasi
tarzda xayol yurgiza olmaydilar. ^Bola ikki yoshga to‘lgach, uning o‘yinlarida jiddiy o ‘zgarish ro‘y beradi. Bolaning o ‘yiniga endi taqlidiy harakatlar qshiladi. Bola kattalardan ko‘rgan-bilganlarini o‘yinda taqlidan takrorlay boshlaydi^ Bu davrda bola mashinasini u yoqdan bu yoqqa siljitish yoki tepalikdan sirg‘antirib tushirish bilan cheklanmay, haydovchilarning harakatlarini bajara oladi. Mashinaning motori ovoziga taqlid qilib ovoz chiqaradi, mashinada yuk tashiydi va hokazo. Nutqning o‘sishi bola xayolining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.