Bolalarda, xususan, kichik yoshdagi bog‘cha boialarida hali www.ziyouz.com kutubxonasi
mehnat malakalari yo‘q, qo‘I muskullari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ana shuning uchun bolalar qasddan yoki anqovliklaridan emas, balki eplay olmasliklaridan biror narsani tushirib sindirib yuborishlari mumkin. Ana shunday “falokat” yuz bergan paytda bolani “anqov, merov, ko‘zinga qarasang bo‘lmaydimi” deb urishish yoki koyish yaramaydi. Buning o‘miga bolaga shu mehnatni qanday qilib bajarishni ko‘rsatib berish lozim. Bog‘cha yoshidagi bolalami mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda ulami inoq jamoaga uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Jamoa bo‘lib mehnat qilishda tarbiyachi har bir bolaga ma’lum bir mehnatni bajarishni buyuradi. Anashu tariqabolalar jipsjamoabo‘lib mehnat faoliyati bilan shug’ullanadilar. Masalan, katta guruh bolalari jamoa bo‘lib navbatchilik qiladilar. Bunda bir bola stolga dasturxon yozib chiqsa, ikkinchisi qoshiq va vilkalami qo‘yib chiqadi, uchinchi bola esa stulchalami qo‘yib chiqsa, to‘rtinchi bola stolga nonlami qo‘yib chiqadi. Bog‘chada navbatchilikka o‘igangan bolalar oilada ham yordamlashadigan bo‘ladilar. Umuman o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalariga oilada kuchlari etadigan mehnat topshiriqlarini berish kerak. Bu ulami mehnatsevarlik mhida tarbiyalashda va ularda ayrim mehnat malakalari hosil bo‘lishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. Ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etmagan bolani keyinchalik mehnatga jalb qilish juda qiyin bo‘ladi. Bog‘chada bolalar jalb qilinadigan mehnat faoliyatining turi juda xilma-xildir. Masalan, tabiat burchagidagi jonivor yoki