konkret predmetli vaziyat bilan bog‘liq. Bu xolat shunda ko‘rinadiki, bolaning nutqida ot so‘z turkumiga oid so‘zlar ko‘p bo‘ladi. Sifat turkumidagi so‘zlar yoki umuman uchramaydi, yoki buyumlaming faqat tashqi xususiyatlari: rangi, o‘lchami (barcha sifatlaming 96,4%)ni ifodalaydi. 98% fe’llar faqatgina konkret predmetli harakatlaiga nisbatan ishlatiladi. Bolalaming nosituativ — bilishga yo‘naltirilgan (vaziyatga — situasiyaga bog‘liq bo‘lmagan) muloqotida ular kattalardan har xil narsa va hodisalar haqida axborot olishga bog‘liqlikdan ozod bo‘ladi. Asta-sekin atrof-olamdagi narsalaming turli xususiyatlarini aks ettiruvchi so‘zlar zahirasi kengayib boradi. Jumladan, estetik xususiyatlami ifodalovchi sifat turkumiga oid so‘zlar (11,25%) va emotsional xususiyatlami ko‘rsatuvchi so‘zlar (5%) paydo bo‘ladi, irodaviy va intellektual harakatlami anglatuvchi fe’l turkumidagi so‘zlar (6,24%) vujudga keladi. Nosituativ — shaxsiy muloqotda, bola odamlar o ‘rtasidagi munosabatlar haqida axborot olishga, o ‘zining fikrini kattalar fikri bilan taqqoslashga harakat qilar ekan, uning nutqida umumiy grammatik murakkablashish ro‘y beradi. Sifat turkumidagi so‘zlar quyidagi nisbatda b o‘ladi: atributiv (tashqi xususiyatlarini ifodalovchi) — 69,80%, estetik xususiyatlami ifodalovchi sifatlar — 14,65%, axloqiy xususiyatlami ifodalovchi sifatlar — 9,3%. Irodaviy va intellektual harakatlami ifodalovchi fe’llar ancha ko‘payib, nutqida ishlatilayotgan barcha fe’llaming 9,76%ni tashkil etadi. Bolaning lug‘at boyligi nafaqat miqdor jihatdan, balki sifat jihatdan ham o‘sib boradi. Bu asosan bolalaming so‘zlar mazmunini o‘zlashtirishi bilan kechadi. Lug‘atni egallash jarayoni tushunchalami