Z nishanova, G. Alimova


Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining rivojlanishi ularning



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/170
tarix06.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#152672
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   170
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi Z Nishanova, G

Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining rivojlanishi ularning
faoliyati, muloqoti bilan uzviy bog“liqdir. Bolajumlalaming mazmuni
va shaklidagi o‘zgarish uning muloqot shakllari o‘zgarishi bilan bog’liq
bo‘ladi. Ilk bolalik davriga xos situativ nutq ishchan muloqot shaklidan
nosituativ bilishga yo‘naltirilgan va nosituativ-shaxsiy muloqot shakliga
o ‘tilishi bolalar nutqiga ma’lum bir talablami qo‘yadi. Bu talablar
bola nutqining yangi-yangi tomonlarini, turli kommunikativ
masalalami hal qilishi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlami tarkib
toptiradi. Bog‘cha yoshidagi bolaning nutqi sotsial kontaktlarni
o ‘matish funktsiyasini bajara boshlaydi. Buning uchun esa bolada
ichki nutq tarkib topishi, monologik xususiyat kasb etib borishi
lozim bo‘ladi. Bog‘cha yoshda bola nutqining rivojlanishidagi muhim
xususiyat nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat. Bola so‘z-lug‘at
boyligining o ‘sishida 2 muhim tomon — miqdor va sifat tomonlari
mavjud.
Lug‘at boyligining miqdoriy o ‘sishi D.B. Elkoninning
ko‘rsatishicha, bevosita bolaning hayot sharoitlari va tarbiyalanish
xususiyatlariga bog‘liq. So‘nggi yillarda u yoki bu yoshdagi bolalar
nutqining lug‘at tarkibini o‘iganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda
awalgi tadqiqotlarga nisbatan yuqoriroq miqdoriy ko‘rsatkichlar
aniqlandi. Jumladan, V.Loginaning ma’lumotlariga ko‘ra 3 yoshga
kelib, bola lug‘atida 1200 ta so‘z mavjud bo‘ladi, 6 yoshli bolaning
aktiv lug‘ati esa 3000-3500 so‘zni o‘z ichiga oladi. Vaholanki, 40-
60 yil oldin o‘tkazilgan tadqiqotlarda 3 yoshli bolaning lug‘ati 400-
600 so‘zdan, 6 yoshli bolaning aktiv lug‘ati esa 2500-3000 so‘zdan
iborat deb ko‘rsatilgan edi.
Situatsion — ishchan muloqot shaklidagi bolalar leksikasi (nutqi)
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin