Z nishanova, G. Alimova



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə21/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#118734
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

0 ‘QUV FAOLIYATI
8 .1 . 0 ‘quv faoliyatiga umuiniy xarateristika


0 ‘quv faoliyati muammosi — yosh va pedagogik psixologiyaning markaziy mummolaridandir. Bog‘cha muassasalarida bolalarni o ‘qitishga bizning mamlakatimizda boshlang‘ich maktab ta’limiga tayyorlov pog‘onasi sifatida qaraladi. Shu sababli “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilanganidek, bog‘chadagi ta’lim uzluksiz ta’limning dastlabki bosqichidir.


Nemis psixologi O.Kronning fikricha, uch yashar bola unga berilayotgan bilimni o‘zlashtirishga, yani ta’lim olishga qodir. V.Shtem esa qarama-qarshi nuqtai nazarni ilgari surdi. Uning flkricha, hayotining dastlabki olti yilida bola olgan bilimlar o‘ziga^ xos tarzda egallanadi. Bog‘cha bolasi hali “o‘qish uchun anglanilgan irodaga ega emas, maktab o‘quvchisi uchun esa o‘qish berilgan materialni ongli tarzda o‘zlashtirish niyati va bu bilimlardan o‘zining kelajagi uchun mulk sifatida foydalanish, butun holicha saqlab qolish istagidir” Shtern “bog‘cha bolasi ayni buguni bilan shunchalik mashg‘ulki, ertangi kun, kelajak uchun biror-bir narsani egallash istagidan uzoqdir”, deydi. Uning qishi boshqa faoliyatning mahsuli hisoblanib, tevarak- atrofdan olgan taassurotlarni “ongsiz tarzda tanlash” asosida hosil bo‘ladi.


J.Piaje bolaning ijtimoiylashuvi jarayonida (yashash sharoitiga moslashish) intellekt operatsiyalari stmkturasi rivojlanishi sodir bo‘ladi, deydi. Tobora yuqori intellektual operatsiyalar (“konkret operasiyalar”, “formal operasiyalar”, “invariantlilik”, “munosabatlilik”va boshqalar) paydo bo‘lishi va rivojlanishi o‘z qonuniyatlariga ega. Ta’lim faqat aqliy o‘sishni tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin, lekin unga tabiiy ta’sir etmaydi. J.Piaje va uning izdoshlari, masalan, agar bolada mantiqiy operativ tafakkur qaror topmagan bo‘lsa, fikrlashga o‘rgatishdan ma’ni yo‘q, deydi. Ta’lim bola rivojlanishi qonuniyatlariga bo‘ysunishi

www.ziyouz.com kutubxonasi



lozim. L.S.Vigotskiy bog‘cha bolasining psixologik xususiyatlarini pedagogik ta’sir mohiyatining analizi bilan uzviy bog‘liqlikda o ‘rganib bordi. Bog‘cha davrida o ‘qitishning ahamiyatli momentlaridan biri, deydi Vigotskiy, bolaning kattalar talablariga munosabatidir. Shunday qilib, xorij va rus psixologlari maktabgacha ta’lim muassasalarida beriladigan ta’limga katta e’tibor beradilar.

8 .2 . 0 ‘quv faoliyati shakllanishining dastlabki xususiyatlari




Hayotning dastlabki uch yilida bola onasi yoki boshqa kishilar masalan, tarbiyachi dasturi bo‘yicha emas, balki go‘yoki o‘zining dasturi bo‘yicha o‘qiydi. Bu davrda bolaning u yoki bu bilim va ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi muhlatiga alohida talablar qo‘yilmaydi. Ilk bolalik davrida tarbiya dasturi hali sub’ektiv tarzda bola uchun mavjud emas. Sistematik o‘qishga layoqatli bo‘lgunga qadar u tayyorlov bosqichini bosib o‘tadi. Bu bosqichda chetdagi boshqa kishilarning bolaga nisbatan yangi talablari asta-sekin uning “o‘z dasturiga” aylanishi lozim. Bog‘cha yosh davrining oxirlariga boribgina, bola kattalar tomonidan ishlab chiqilgan “dastur bo‘yicha” o‘qiy boshlaydi va maktab talablariga asta amal qila boshlaydi. L.S.Vigotskiyning fikri bo‘yicha bog‘cha yosh davri ta’lim dasturi:




    1. Yüklə 1,02 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin