Sezgi o‘z mohiyati jihatidan birmuncha sodda psixikjarayon (aks ettirish jarayoni) bo‘lishiga qaramay, barcha bilimlarimizning asosiy manbaidir. Narsa va hodisalaming ayrim belgilari, xususiyatlarini aks ettirishdan iborat bo‘lgan sezish protsessining fiziologik mohiyati mashhur fiziolog I.M.Sechenov va I.P.Pavlovlaming analizatorlar haqidagi ta’limotlarida atroflicha ochib berilgan. Akademik I.P.Pavlov organizmning hissiy aks ettirish apparatlarini analizatorlar deb ataydi. Mana shuning uchun har bir sezgi organi analizatorlaming barcha qismlarini o‘z ichiga oladi. Ma’lumki, akademik I.P.Pavlov ta’limotiga ko‘ra, har bir analizator asosan uch qismdan iborat: 1) tashqi ta’sirlami qabul qilib oluvchi periferik qism (bu odatda retseptor deb yuritiladi); 2) taassurotni markazga olib bomvchi (afferent) va markazdan tegishli javob reaktsiyasini olib qaytuvchi (efferent) nerv tolalari; 3) analizatoming orqa yoki bosh miyadagi markaziy qismi.
Sezgi mana shu qismlaming yaxshi va ravon ishlashiga bog‘liqdir. Analizatorlaming bironta qismi ishdan chiqsa, sezish bo‘lmaydi. Demak sezishning fiziologik asosida analizatorlar ishidan iborat bo‘lgan organizmning reflektor faoliyati yotadi.
Analizatorlaming asosiy vazifasi organizmga ta’sir etayotgan turli qo‘zg‘ovchilami ayrim bo‘laklarga ajratishda, ya’ni analiz qilishdan iboratdir. Shuning uchun ham sezgi oiganlari analizatorlar deb ataladi.
Sezgi va idrok rivojlanishi boshqa, tobora qiyinroq bo‘lgan bilish jarayonlarining (xotira, xayol, tafakkur) paydo bo‘lishi uchun zamin yaratadi. Rivojlantirilgan sensorika zamonaviy odamning amaliy faoliyati takomillashuvining asosidir.
Sensor tarbiya haqidagi sobiq sovet psixologlarining fikri g’arb olimlari fikrining psixologik asoslaridan printsipial tarzda farq qiladi.
Har ikki tomon nuqtai nazarlari, awalambor, bola sezgisi va idroki rivojlanishini harakatga keltiruvchi sabablar va ulaming bu jarayondagi tarbiyaviy rolini tushuntirishda farqlanadi. Ko‘pgina g’aib