Z nishanova, G. Alimova


berishi, shu bilan ulami faollashtirib borishi lozim



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə32/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#118734
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

berishi, shu bilan ulami faollashtirib borishi lozim.


Bog‘cha yoshidagi bolalaming tajribalari orta boigan sari narsa va hodisalar o‘rtasidgai o‘zaro bog‘liqlik hamda ayrim tabiiy sabablami tushuna boshlaydilar. Masalan, katta guruh bolalarining gaplariga diqqat qilsak, ular shunday hodisalar haqida mulohaza yuritishayotganlarining guvohi bo‘lamiz. “Temir og’ir narsa bo‘lgani uchun suvda cho‘kadi, yog‘och yengil, shuning uchun u oqadimi”, “ichi bo‘sh banka yengil, shuning uchun u cho‘kmaydi”, “urug‘ni yerga eksa, ko‘karib chiqadi” va shu kabilar.


Bog‘cha yoshidagi bolalar tafakkur (fikr yuritish) jarayonida ayni shu chog‘da idrok qilayotgan narsalargina emas, balki ilgari idrok qilgan narsalariga ham tayana oladilar. Masalan, bolaga ilgaridan ma’lum bo‘lgan biron topshiriq yoki savol berilsa, u o‘z tasawuriga asoslanib, qiynalmay, darhol javob qaytaradi. Chunonchi 6 yoshli bir boladan “yong‘oq suvda cho‘kadimi yoki oqadimi?” deb so‘ralganida, u “oqadi” deb javob beigan. Bolaning to‘g‘ri javob beiganligiga sabab shundaki, u o‘z tajribasida yong‘oqni suvga tashlab ko‘rgan. Ana shu tarzda bog‘cha yoshidagi bolalarda induktiv va deduktiv xulosa chiqarishning eng sodda sharllari yuzaga kela boshlaydi.

10.5. Sabab -oqibat bog‘lanishlarining shakllanishi




Bog‘cha yoshidagi bolalar tafakkuming xarakterli xususiyatlaridan biri ular tafakkurining hamon konkret obrazli bo‘lishidir. Ular o‘zlarining mulohazalarida abstrakt tushunchalaiga emas, balki konkret faktlaiga asoslanadilar. Shuning uchun ular abstract tusda berilgan oddiy vazifalami hal qila olmaydilar. Biroq, bog‘cha yoshidagi bolalaida, xususan katta guruh bolalarida, ayrim narsa va hodisalaming muhim

www.ziyouz.com kutubxonasi



belgilariga qarab, umumlashtirish qobiliyati yuzaga kela boshlaydi. Masalan, katta guruh bolalari olma, o‘rik, nok, olcha, olxo‘ri, uzum, anor, behi va anjirlaming rasmlarini to‘plab, meva deb ataydilar. Ular endi meva degan umumiy tushunchadan o‘z nutqlarida erkin foydalana oladigan bo‘ladilar. Bog‘cha bolalari xilma-xil rasmli lotolar bilan ynash jarayonida ana shunday umumlashtirishga o‘igana boshlaydilar. Bunday o‘yinlarda ba’zan tarbiyachining aralashuvi va bolalaiga umumlashtirish yuzasidan (masalan, hayvonlar, hasharotlar, gullar, qushlar, o‘yinchoqlar va hokazolar haqida) turli vazifalar berish yaxshi natijalarga olib keladi. Bolalar bu narsalaming eng muhim belgilariga qarab ulami guruhlaiga ajratadilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar uchun narsalaming eng muhim belgilari ulaming nima uchun qo‘llanishidir. Chunonchi, ularga “sigir qanday hayvon?” deb, savol berilsa, ular — “sigir sut beradigan hayvon” deb javob beradilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar har bir narsaning nima uchun kerakligini shu narsaning asosiy belgisi qilib oladilar. “Ot qanday hayvon?” deb savol berilsa, ular “ot minadigan hayvon” deb javob beradilar.


Ma’lumki, bog‘cha yoshidagi bolalar juda qiziquvchan bo‘ladilar. Ko‘pgina narsalami bilishga quiblari yetmasa ham atroflaridagi turli narsa va hodisalaming mohiyati, paydo bo‘lishi hamda sababiy bog‘lanishlariga qiziqadilar. Ular hamma narsaning siridan xabardor bo‘lgilari keladi. Bu ulaming bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan intellektual qiziqishlaridir.


Bog‘cha yoshidagi tafakkumi rivojantirishda turli didaktik va ta’limiy mashg‘ulotlaming roli g‘oyat kattadir. Masalan, katta guruh bolalari bilan o‘tkaziladigan son-sanoq (hisoblash) mashg‘ulotlari, nutqni o‘stirish mashg‘ulotlari ularda tafakkuming taqqoslash, analiz va sintez qilish xususiyatlarini o‘stirishga yordam beradi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, bolalar ana shunday ta’limiy mashg‘ulotlarda narsa va hodisalami shunchaki passiv o‘zlashtirib, faqat ulaming nomlarini esda olib qolish bilan cheklansalar, tafakkur qilish qobiliyati yaxshi rivojlanmaydi.


Shunday qilib, bog‘cha yoshidagi davrda bolalaming tafakkuri jadal rivojlanadi va uning bundan keyingi o‘sishi maktab yoshida, ya’ni sistemali ta’lim va taibiya jarayonida amalga oshiriladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi

XI- вов

BOG‘CHA YOSHIDAGI BOLA NUTQINING

RIYOJLANISHI


11.1. Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining kommunikativ vosita sifatida rivojlanishi


Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining rivojlanishi ularning faoliyati, muloqoti bilan uzviy bog“liqdir. Bolajumlalaming mazmuni va shaklidagi o‘zgarish uning muloqot shakllari o‘zgarishi bilan bog’liq bo‘ladi. Ilk bolalik davriga xos situativ nutq ishchan muloqot shaklidan nosituativ bilishga yo‘naltirilgan va nosituativ-shaxsiy muloqot shakliga o‘tilishi bolalar nutqiga ma’lum bir talablami qo‘yadi. Bu talablar bola nutqining yangi-yangi tomonlarini, turli kommunikativ masalalami hal qilishi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlami tarkib toptiradi. Bog‘cha yoshidagi bolaning nutqi sotsial kontaktlarni o‘matish funktsiyasini bajara boshlaydi. Buning uchun esa bolada ichki nutq tarkib topishi, monologik xususiyat kasb etib borishi lozim bo‘ladi. Bog‘cha yoshda bola nutqining rivojlanishidagi muhim xususiyat nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat. Bola so‘z-lug‘at boyligining o‘sishida 2 muhim tomon —miqdor va sifat tomonlari mavjud.


Lug‘at boyligining miqdoriy o‘sishi D.B. Elkoninning ko‘rsatishicha, bevosita bolaning hayot sharoitlari va tarbiyalanish xususiyatlariga bog‘liq. So‘nggi yillarda u yoki bu yoshdagi bolalar nutqining lug‘at tarkibini o‘iganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda awalgi tadqiqotlarga nisbatan yuqoriroq miqdoriy ko‘rsatkichlar aniqlandi. Jumladan, V.Loginaning ma’lumotlariga ko‘ra 3 yoshga kelib, bola lug‘atida 1200 ta so‘z mavjud bo‘ladi, 6 yoshli bolaning aktiv lug‘ati esa 3000-3500 so‘zni o‘z ichiga oladi. Vaholanki, 40-60 yil oldin o‘tkazilgan tadqiqotlarda 3 yoshli bolaning lug‘ati 400-600 so‘zdan, 6 yoshli bolaning aktiv lug‘ati esa 2500-3000 so‘zdan iborat deb ko‘rsatilgan edi.



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin