Katta bog‘cha yoshi davrida so‘zlaming tuzatilishini stixiyali tarzda o‘zlashtirish natijasida bolalarda so‘zni tarkibi jihatdan tahlil etishning elementar shakllari yuzaga keladi.
Nutqning fonetik (tovush) sistemasini o‘zlashtirish jarayoni tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish va fonematik eshitishning rivojlanishini o‘z ichiga oladi.
Nutqning fonetik tarkibini o‘zlashtirish 1 yoshning oxirlariga kelib boshlanadi. Bog‘cha yosh davrining boshiga kelib, bolalar asosan
ona tilining barcha tovushlarini egallab bo‘ladilar. Biroq shunday bog‘cha yoshidagi bolalar ham uchraydiki, ularda ancha katta yoshda ham nutqiy nuqson, talaffuz kamchiliklari uchraydi. Buning asosiy sababi nutq apparati motorikasining sekin rivojlanishidir.
11.2. T a’Iim jarayonida savodxonlikning rivojlanishi
Ona tilidagi tovushlami o‘zlashtirishda nutqning sensor asosi — fonematik eshitishning rivojlanishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Fonematik eshitish deganda, nutq tovushlarini idrok etish, so‘zlar tarkibida ulami har xil ma’noli birliklar sifatida birlashtirish va ajratish tushuniladi.
N.X.Shvachkin bolalar fonematik eshitishini dastlabki rivojlanish bosqichlarida o‘iganib, 1-7 yoshdayoq fonematik eshitish shakllanib bo‘lishini isbotladi. Bu daviga kelib, bola atrofdagi kattalar nutqining taikibidagi barcha fonematik xususiyatlami farqlab oladi. Shuning uchun atrofdagilaming to‘g‘ri va noto‘g‘ri talaffuzini payqay oladi. Bog‘cha yoshidagi bola noto‘g‘ri talaffiiz etilgan so‘zlami asta-sekin farqlamay qo‘yadi. Bolada so‘zlar va tovushlaming fonetik obrazlari shakllanadi. Bu davrda bolalar nutqning fonetik tomoniga katta diqqat bilan qaraydi.
L.E.Jurovaning fikricha, bolalami til olamiga o‘rta bog‘cha yosh davrida, ya’ni til xususiyatlarini ayniqsa, o‘tkir his etish davrida olib kirgan ma’qul. L.E.Jurova va N.V.Durovalaming eksperimental tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, 4 yoshli bolalar nafaqat so‘z tarkibidagi tovushlami intonatsion ajratib olishni, balki jarangli va jarangsiz undoshlami farqlashni, so‘zdagi birinchi tovushni aytib berishni o‘igana oladilar. Bu esa 5 yoshli bolalarda tovushlami tahlil etish ko‘nikmalari rivojlanishining muhim zaruratidir.
Nutq juda erta bolaning va atrofdagilaming amaliy faoliyati bilan bog‘lanib L.S.Vigotskiy aytganidek, anchagina erta amaliy tafakkur vositasiga aylanadi. Boshqacha qilib aytganda nutqning amaliy faoliyati bilan aloqadorlik shakllaridan biri bo‘lajak harakatlami rejalashtirish, kechayotgan harakatlarga nutqning yo‘ldosh bo‘lishi va harakat natijalarini nutq vositasida ta’kidlab qo‘yishda namoyon bo‘ladi. Bulaming bari esa aqliy faoliyatning shakllanishi uchun juda zarur.