Z nishanova, G. Alimova


Bog‘chagacha davming oxiri kichik va o‘rta bog‘cha davriarda nutq bolaning amaliy faoliyati tarkibiga tez-tez kirib turadi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə35/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#118734
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

Bog‘chagacha davming oxiri kichik va o‘rta bog‘cha davriarda nutq bolaning amaliy faoliyati tarkibiga tez-tez kirib turadi.


Bog‘cha yosh davrda bola o‘zining harakatlari, ularda ishlatayotgan buyumlari haqida hech kimga murojaat qilmay aytib beradi, kelajakdagi harakatlarini rejalashtiradi va natijalami analiz qiladi. (“Qo‘g‘irchoq uxlayapti”, “Mashinani tuzatishsa, u yuradi ”, “Odamcha yiqilib ketdi, hozir men uni ko‘tarib qo‘yaman”). Bunda nutq muloqot uchun xizmat qilmaydi. Bunday turdagi nutqni J.Piaje “egotsentrik nutq” deb atadi. J.Piajening fikricha, egotsentrik nutq bola tafakkurining egosentrik xarakteri, individual nutqning hali etarlicha ijtimoiylasha olmaganligi natijasidir.


Biroq L.S.Vigotskiy shuni isbotladiki, egotsentrik nutq J.Piaje aytganidek ijtimoiylashgan nutqqa qarama-qarshi nutq emas, balki o‘z tabiatiga ko‘ra u ham ijtimoiy nutqdir. Uning paydo bo‘lishiga sabab hali bolaning o‘ziga va o‘zgalarga yo‘naltirilgan nutqni o‘zaro farqlay olmasligidadir. Egosentrik nutqning yuzaga kelishi kichik bog‘cha yoshidagi bolalaming kattalar bilan hamkorlikda faoliyat qilishga moyil bo‘lishlari bilan bog‘liq. Bolaning mustaqil faoliyat ko‘rsatishi qanchalik sust bo‘lsa, ushbu moyillik yuqori bo‘ladi. Egotsentrik nutq esa kattalar bilan hamkorlik qilishning o‘mini bosuvchi o‘ziga xos nutqiy o‘rinbosor vazifasini bajaradi.


Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, egotsentrik nutq faoliyatni rejalashtirish vazifasini ham bajarar ekan. Bola oldindan o‘z faoliyatining maqsad-muddaosini o zaki ifodalaydi. So‘ngra faoliyatni bajarish davrida olingan natijalami og‘zaki qayd etadi, og‘zaki ravishda yangi harakatlami rejalashtiradi, duch kelgan qiyinchiliklami bartaraf etadi.


Bog‘cha yoshining oxiriga kelib, bolaning mustaqil faoliyati 2 bosqichdan iborat bo‘ladi:



  1. og‘zaki tarzda qaror qilish va faoliyatni rejalashtirish;




  1. tuzilgan reja va qabul qilingan qarorlarga muvofiq faoliyatni amalga oshirish. Bunda egotsentrik nutq asta-sekin yig‘ilib, interiorizatsiyalanib (ichki tomonga yo‘nalib), 5-6 yoshli bolalarda ichki nutqqa aylanadi.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin