Z nishanova, G. Alimova


Ana shu vazifalami amaliyotda o‘z ifodasini toptirishda bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi fani muhim rol o‘ynaydi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə2/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#118734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

Ana shu vazifalami amaliyotda o‘z ifodasini toptirishda bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi fani muhim rol o‘ynaydi.



  1. quv qo‘llanma ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida bolalar psixologiyasi fanining metodlari, vazifalari va uning boshqa fanlar bilan aloqasi, chaqoloqlik, go‘daklik, ilk bolalik va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalaming bilish jarayonlari, hissiy-irodaviy, motivatsion jihatlarining shakllanishi chuqur tahlil qilingan. Qo‘llanmaning ikkinchi qismida bolalar psixologiyasi, umumiy psbcologiya, yosh va pedagogik psixologiya kabi fanlardan ma’ruza, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha qimmatli materiallar berilgan.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilanganidek, darslik va o‘quv qo‘llanmalaming yangi avlodini tayyorlash ishiga mualliflar tomonidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanma munosib hissa q shadi, degan umiddamiz.



www.ziyouz.com kutubxonasi



I-вов

BOLALAR PSIXOLOGIYASI FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI




Bolalar psixologiyasi - psixologjya fanining alohida tarmog‘i bo‘lib, u turli yosh davriari bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlarini, shuningdek, bir yosh bosqichidan boshqasiga o‘tish qonuniyatlarini o‘iganadi. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug‘ilgandan yetuklik davrigacha inson. psixikasi va ongning qanday rivojlanishiga qaratilgan. D.B.Elkonin ta' kidlaganidek, bolajamiyat a’zosi va shaxs sifatida shakllanib borar ekan, uning psixikasi rivojlanib, olamni aks ettirish qobiliyati go‘dak!ikdan yetuklik davrigacha murakkablashib va takomillashib boradi. Ushbujaiayonning o‘ziga xos xususiyatlari, uning qonuniyatlarini bolalar psixologiyasi tadqiq etadi.

1.1. Fanning asosiy kategoriyalari




Bolalar psixologiyasi fanining asosiy kategoriyalari, ya’ni tushunchalari qatoriga quyidagilar kiradi: “ yosh “, “bolalik”, “taraqqiyot”, “o‘sish”, “determinizm”, “geteroxronlik’, “tizimlilik”. Albatta, fanning kategoriyalari faqat bu tushunchalar bilan cheklanmaydi. Asosiy kategoriyalar jumlasiga bulardan tashqari, “taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati, “yetakchi faoliyat tipi’, va boshqa bir qator tushuncha lami kiritish mumkin. Bu tushunchalar psixologiya sohasidagi ilg‘or tadqiqotlar natijasida shakllangan va fanga olib kirilgan. Bolalar psixologiyasi fanini o‘rganish ma’lum ma’noda ushbu fanning kategoriyalarini o‘zlashtirishdan iborat. Quyida biz bolalar psixologiyasi fanining ayrim asosiy kategoriyalari xususida alohida to‘xtalib o‘tamiz:


Bolalik — ontogenezning dastlabki davrlarini belgilash uchun (tug‘ilgandan o‘smirlikkacha bo‘lgan davrni belgilash uchun) qo‘llanadigan tushuncha. Yosh davrlarining an’anaviy tasnifiga ko‘ra bolalik —go‘daklik (tug‘ilgandan lyoshgacha), ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha), maktabgacha yosh (3 yoshdan 6-7 yoshgacha) va kichik maktab yoshi (6-2 yoshdan 10-11 yoshgacha) davriami o‘z ichiga oladi. Bolalik jadal psixik taraqqiyot davridir.



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin