0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI 0LIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Z. NISHANOVA, G. ALIMOVA
BOLALAR
PSIXOLOGIYASI VA UNI
0 ‘Q ITISH M ETODIKASI
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta' limi ilmiy-uslubiy va o‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan Oliy o‘quv yurtlari Maktabgacha ta’lim (5141700) bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan
0 ‘ zbekiston Yozavchilar oyushmasi Adabiyot jam armasi nashriyoti
Toshkent —2006
www.ziyouz.com kutubxonasi
Nishanova, G. Alimova. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi. 0 ‘quv qo‘llanma. -T.: 0 ‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006. 160 b.
Qo‘llanmada bolalar psixologiyasi fanining dolzarb muammolari yoritilgan. Chaqaloqlik, go‘daklik, ilk bolalik,maktabgacha taibiya yoshidagi bolalaming bilish jarayonlari, irodaviy-hissiy xislatlari va psixologik xususiyatlari bayon etilgan. Shu bilan birga bolalar psixologiyasini o‘qitish metodikasi fanining muhim jixatlari ochib berilgan. Qo‘llanma psixologlar, tarbiyachilar, pedagoglar, maktabgacha tarbiya muassasasining mutaxassislariga, talabalarga mo'lajalangan.
Наг tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. 0 ‘quv qo‘llanmada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalik, ya’ni bola tug‘ilganidan boshlab, maktab yoshigacha bo‘lgan davrini qamrab olgan.
0 ‘quv qo‘llanmada bolalar psixologiyasining hozirgi vaqtdagi dolzarb muammolari ko‘proq o‘z aksini topgan. Mamlakatimiz prezidenti I.A.Karimov asariarida 0 ‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida, Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillarida taibiyachilar, pedagoglar oldiga ulkan vazifalami yuklamoqda.