Z nishanova, G. Alimova


Taraqqiyot —narsa yoki hodisalaming vaqt o‘tishi bilan miqdor va sifat jihatdan o‘zgarishi natijasida yuqoriroq darajaga ko‘tarilishi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə3/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#118734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

Taraqqiyot —narsa yoki hodisalaming vaqt o‘tishi bilan miqdor va sifat jihatdan o‘zgarishi natijasida yuqoriroq darajaga ko‘tarilishi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Psixika taraqqiyoti - tug‘ilgandan boshlab yosh davrlari o‘tishi bilan psixika faoliyatining takomillashishidir. Psixik taraqqiyot bolaning insoniyat tarixi davomida to‘plagan bilim va tajribalami o‘zlashtirishi hamda shaxs sifatida shakllanib borishi jarayonidan iborat.


Yosh — individ psixik taraqqiyotining aniq vaqt chegarasiga ega bo‘lgan bosqichi. Psixik taraqqiyotning har bir bosqichida individda muayyan fiziologik va psixologik o‘zgarishlar kuzatiladi. Odatda psixologiyada xronologik va psixologik yosh ajratiladi. Xronologik yosh inson tug‘ilgandan boshlab necha yosh yashaganini ifodalaydi. Psixologik yosh esa inson psixik rivojlanishi darajasini aks ettirib, ko‘pincha aqliy yosh deb ataladi. Aqliy yosh turii yoshdagi odamlar uchun mo‘ljallangan maxsus test topshiriqlari orqali aniqlanadi. Aqliy yoshning xronologik yoshga nisbati bola psixik taraqqiyotining o‘ziga xos ko‘rsatkichi — intellektual rivojlanish koeffitsientini hosil qiladi, bu koeffitsient ingliz tilidan olingan qisqartma IQ harflari orqali belgilanadi.
1.2. Bolalar psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari


Bola rivojlanishining turli tomonlarini har xil fanlar —anatomiya, fiziologiya, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, gigiena, etnografiya va boshqalar o‘rganadi. Tug‘ilgandan etuklik davrigacha bola psixik taraqqiyotini o‘rganish esa psixologik bilimlaming maxsus sohasi - bolalar psixologiyasining zimmasidadir. Chunki bolalar psixologiyasi bola psixik taraqqiyoti qonuniyatlari, rivojlanishning turli bosqichlarida bola psixikasiga xos xususiyatlar haqidagi fandir.


L.F. Obuxova ta’kidlaganidek, bolalar psixologiyasi fanining predmeti tarixan o‘zgarib boigan. Bugungi kunda bolalar pixolpgiyasi fanining predmeti ontogenezdagi psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, yosh daviiari, bir yosh davridan boshqasiga o‘tish sabablarini aniqlashdan iborat. Agar pediatr bolalaming jismoniy salomatligi bilan shug‘ullansa, bolalar psixologi bola psixikasining qanchalik to‘g ’ri rivojlanayotgani va faoliyat k rsatayotganini, bordi-yu bu sohada kamchilik bo‘lsa, uni nimaning hisobiga kompensatsiyalash mumkinligini o‘iganadi.


Hozirgi kunda bolalar psixologiyasi fani predmetining kengayib borishi kuzatilmoqda. Bu hodisa bolaning homila davridagi rivojlanishini tobora chuqurroq o‘rganish natijasida ro‘ y bermoqda.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin