5.4. Kasbiy motivatsiyani aniqlash metodikasi
Kabiy m otivatsiya (m oyillik) kasb tanlashga
sabab
bo ‘ladigan aniq rag‘batlantiruvchi harakatdir.
Kasb egallash istagi o ‘quvchilarda atrof-m uhit omillari
va maktabda o ‘tkaziladigan kasb-hunarga yo‘naltiruvchi ishlar
orqali shakllanadi. Kasbiy motivatsiya o ‘zgaruvchan uning shakl-
lanishi uzluksiz jarayon bo ‘lib, obyektiv va sub’yektiv omillar
ta ’sirida boradi. Shuning natijasida kasbiy motivatsiyani ilk
bosqichlarida aniqlash zarurat bo ‘lsa, ularni to ‘g‘rilash m aq
sadga muvofiqdir. Kasbiy motivatsiyani guruhlarda va alohida
o ‘rganish mumkin.
0 ‘smirlarga javoblar “uchun qog‘oz tarqatiladi, qo ‘llan-
ma o ‘qiladi, tasdiq gaplardan iborat har bittasi 3 ta har xil
m a’noli gap bilan tugallangan savolnoma beriladi. 3 ta variant
javobdan faqat b itta to ‘g‘ri kelgan javobni topib javoblar
varag‘iga belgilash lozim. Diqqat qiling, har bitta tasdiq uchun
1 ta javob belgilangan bo ‘lishi kerak.
Javob berganingizda, yodingizda bo‘lsin, aniq javobdan
ko‘ra ballaming jam i muhimroq.
Dostları ilə paylaş: