Z. T. M s h m o V a


logiya fanlari doktori, professor



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/106
tarix09.09.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#142202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

logiya fanlari doktori, professor.
S. Jalilova 
— T D P U amaliy psixologiya kafedrasi
mudiri, psixologiya fanlari nomzodi,
dotsent.
0 ‘quv q oilan m a haqida fikr-mulohazalaringizni quyidagi manzilga
yuborsangiz: Toshkent, Yusuf Xos Hojib ко ‘chasi, 103-uy. Nizomiy nomidagi
TDPU, Pedagogika-psixologiya fakulteti, psixologiya kafedrasi.
ISBN 978-9943-309-16-6
© “Y an giyu l poligraph service” M C H J, 2007.


0 ‘z b e k is to n p s ix o lo g iy a f a n in in g o ta s i,
u stozim M u h a m m a d G alim ovich D a v le t-
s h in n in g t a v a l lu d a y y o m la r ig a h a m d a
p s ix o lo g iy a a lifb o sin i o ‘rg atga n u sto zim
R o b e rt V aliyevich G a lya m o vn in g p o rlo q
xotirasiga b a g ‘ishlaym an.
I BOB. PSIXOLOGIK XIZMAT PREDMETI
1.1. Psixologik xizmatning rivojlanish tarixi
Psixologik xizmat AQSHda 1800 yillardan boshlab rivoj- 
lana boshladi. AQSHning birinchi amaliyotchi psixologlari 
olzini-o‘zi tarbiyalash muammosini o‘rgangan eksperimental 
psixologlar edilar. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot 
koeffitsentini aniqlash keng tarqalib, keyinchalik «Gaydens» 
xizmatining rivojlanishiga turtki bo'ldi.
Fransuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine boMib, 
u bu sohada 1894- yildan boshlab ish boshlagan. 1905- yilda 
Fransiya ta ’lim vazirligi Binega umumiy dastur bo‘yicha o ‘qiy 
olmaydigan bolalarni tekshirish muamrnosi bilan murojaat 
qiladi va shu tariqa aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni 
o‘rganadigan Bine-Simon testi yaratildi.
1909- yilda Fransiyada maktab psixologik xizmati tashkil 
etiladi. 1970- yilda Fransiyada psixologik-pedagogik yordam 
guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil etadi. 
Bunday guruhlar maktab psixologiyasi, ta’lim psixologiyasi va 
psixomotor rivojlanish bo‘yicha bittadan mutaxassisni o‘z ichiga 
oladi. Guruh 800 — 1000 o‘quvchiga xizmat qiladi, bir mak- 
(abda joylashib, bir necha maktabga xizmat qilishi mumkin.
1985- yilda Fransiya pedagogik psixologlarining funksiyalari 
aniqlab berildi. Pedagogik psixolog shaxsning har tomonlama 
rivojlanishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishlarni qilishi kerak, 
bunda u bu ishlarga o ‘qituvchilarni va ota-onalami ham jalb 
etishi mumkin. Pedagogik psixolog o ‘z ishida lozim topsa, 
maktab va oila tarbiyasiga qarshi chiqishi mumkin, deb maxsus 
ta’kidlangan.
3


Ko‘pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlarida maktab psi- 
xologik xizmati tum an yoki viloyat psixologik-pedagogik 
markazlari shaklida tashkil etilgan. Masalan, 1980- yilda 
Chexoslavakiyada tarbiya masalalari bo‘yicha modda maktab 
to ‘g‘risidagi qommga kiritildi. Psixotogik xizmatning asosiy 
mazmuni — sog‘lom shaxsning o‘sishini ta ’minlash, shaxs 
rivojlanishidagi turli qiyinchiliklami korreksiya qilish (tuzatish), 
kasb tanlash muammolarini o ‘rganish va hal qilishga turtki 
berishdir.
Chexoslavakiyadagi psixolog m aslahatchining asosiy 
vazifasi psixodiagnostik faoliyatdan iboratdir.
Sobiq sovet psixologiyasida bolalar tarbiyasi va ta’limida 
psixologiyadan foydalanish borasida urinishlar pedologiya 
doirasida vujudga keldi. Pedologiya rivojlanayotgan va 
o‘sayotgan shaxsning barcha biologik va ijtimoiy xususiyatlarini 
qamrab oluvchi fandir. 1936- yilda pedologik qarashlarni 
to ‘xtatish haqida qaror qabul qilindi, shu bilan birga ms 
psixologlari amalga oshirayotgan bola psixologiyasidagi ijobiy 
izlanishlar ham to‘xtab qoldi. Faqat 1960- yillarning oxiriga 
kelib, psixologlaming maktab ishida amaliy ishtirok etishi qayta 
tiklandi.
1984- yilda Moskvada "Psixologik xizmat muammolari 
bo‘yicha I umumittifoq anjumani bo‘lib o ‘tdi. Anjumanda 
maktabda psixologik xizmat seksiyasi ham ish olib bordi.
Sobiq Ittifoqda birinchi bo‘lib Estoniyada 1975- yilda 
maktabda psixologik xizmat tashkil etildi. Eston psixologlari 
«tarbiyasi qiyin» o‘smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib 
bordilar. Rossiyada 1982- yilda maktablarda psixolog shtati 
ochildi. Iqtidorli olima I.V.Dubrovina psixologik xizmatning 
rivojlanishiga ulkan ulush qo‘shgan, u ushbu mavzuda dok- 
torlik dissertatsiyasini yoqlagan va bir qancha asarlar muallifi 
hisoblanadi.
1989- yilda 0 ‘zbekistonda amaliyotchi psixologlaming 
yetishmayotganligi sababli Nizomiy nomli TDPUda ama­
liyotchi psixologlar tayyorlash fakulteti ochildi.
0 ‘zbekistonda psixologik xizmatning rivojlanishida 
olimlardan M.G.Davletshin, E .G ‘. G ‘oziyev, B,R. Qodirov,
4


( Г . B .S h o u m a ro v , 
V .М .K arim o v a, 
S h .R .B a ra to v , 
F.N.Sattarov, F.S. Ismagilova, N.S. Safoyev, F.I.Haydarov,
S.X.Jalilova va boshqalar katta hissa qo‘shganlar. 1998- yilda 
Sh.R.Baratov «Ta’lim tizimida va ishlab chiqarishda psi­
xologik xizmatni tashkil etishning psixologik xususiyatlari» 
mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Psixologik xizmatni 3 nuqtayi nazardan qarab chiqish 
mumkin: 1. llmiy nuqtayi nazar. 2. Tashviqot nuqtayi nazar.
3. Amaliy nuqtayi nazar.
Faqat mana shu nuqtayi nazarlarning birligigina 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin