aniqlashga moijallangandir. Tashxis ishlari guruhiy yoki
individual tarzda o ‘tkaziladi. Bu asnoda amaliy psixolog qu-
yidagi vazifalarni bajaradi.
Yosh davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash
maqsadida
psixolog bolalar, o‘quvchilar, maxsus maktab
o ‘quvchilarini, akdemik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy
o ‘quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o ‘tkazadi,
ularning bilim saviyalarini belgilaydi. 0 ‘quvchilarning kasbiy
yaroqliligini tashxis qiladi, ularning shaxs xislatlari, irodaviy
sifatlari, his-tuyg‘ulari, o ‘zini-o‘zi
boshqarish imkoniyati,
intellektual darajasini tekshiradi.
Maslahat berish ishlari-amaliyotchi psixologning asosiy
faoliyat turlaridan biridir. Maslahat berish ishlari o‘qituvchilar,
o‘quvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat berish
ishlari individual va guruhiy bo‘lishi mumkin. Amaliyotchi
psixologlar ish tajribasini umumlashtirish shuni ko‘rsatadiki,
o‘qituvchilar ko‘pincha psixologga quyidagi muammolar: turli
fanlar bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar,
bolalarning o ‘qiy olmasligi va o ‘qishni istamasligi, guruhda
nizoli vaziyatlar, shaxsiy pedagogik ta’sirning natija bermasligi,
har xil yoshdagi bolalarning tengdoshlari orasida oila muloqoti
va bolalar
jamoasining shakllanishi, kasbiy malakalarini
oshirish yo‘llari, o ‘quvchilarning qobiliyatlari, layoqatlari,
qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish yo‘llari, o ‘quvchilar
bilan kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish bo‘yicha murojaat
qiladilar.
Amaliyotchi psixologga o ‘qituvchilar ham murojaat qi
ladilar:
—
kattalar va tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatni
yaxshilash masalalari, o ‘z-o‘zini tarbiyalash, kasbiy va shax
siy o ‘z-o‘zini bilish, aqliy mehnat va xulq-atvor
madaniyati
va boshqa muammolar bo‘vie ha maslahat so‘raydilar.
Psixolog o ‘quvchilar bilan bevosita aloqada ularda
vujudga kelgan muammolarni hal qiladilar. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri
maslahat berish deb ataladi. Ba’zan o ‘quvchilarga va ota-
onalarga o ‘qituvchilarning u yoki bu muammolari bo‘yicha
10
maslahat beradi, bu bavosita maslahat berishdir, bunda
ma'lum qoidalariga amal qilishga to‘g‘ri keladi. Maslahat berish
markazida har doim psixolog va maslahat berilayotgan
shaxsning o‘zaro ta’sir jarayoni, ular orasida ishonchli o‘zaro
munosabatni o ‘rnatish yotadi. Bunda psixolog —
maslahat
bemvchi, o ‘qituvchi, ota-ona — maslahat beriluvchi, o ‘quvchi
mijoz rolida bo‘ladi.
Maslahat berish — psixologik xizmatning asosiy yo‘na-
lishlaridan biridir. Lekin psixologik maslahat o‘zi nimaligi
liaqida yagona tushuncha yo‘q. Kollejlardagi yoki akademik
lilseylardagi psixolog ishi bir-biridan tubdan farq qiladi.
Psixolog aniq o ‘quv muassasadagi o ‘qituvchilar va o ‘quv-
chilar orasidagi munosabatning ijobiy va salbiy tomonlarining,
rivojlanadigan ijtimoiy muhitning ichida bo‘ladi. U har bir
o4|uvchi yoki o ‘qituvchining o ‘zinigina emas, shaxslararo mu-
nosabatning murakkab tizimini ham ko‘radi, boshqa ish turlari
bilan birgalikda vaziyatni hal qiladi.
Maslahat berish ishini chizmada quyidagicha tasvirlash
mumkin.
Psixolog
maslahat
0 ‘qituvchi
Yuqoridagi usulda ish olib borganda psixolog va o ‘qi-
tuvehi o ‘z sohasini yaxshi biluvchi
mutaxassislar sifatida
namoyon bo‘ladi.
1. 0 ‘quvchi muammolari bo‘yicha ularning hamkorligi
bilimlarining birikuviga imkon beradi va muammolarni hal
qilish uchun keng ijodiy imkoniyatlar yaratadi. Maslahat
berishning asosiy ahamiyati ana shunda.
2. Psixolog o‘quvchilar va talabalarning psixologik xusu-
siyatlari, ularning qiziqishi, mayli, ilk iqtidori kabilarni o ‘r-
ganadi, mutaxassis va yetuk shaxs sifatida shakllanishiga
vordam ko‘rsatadi.
Sababl;
aniqlash
m uam mo 1
0 ‘quvchi
bola bilan
ishlash
3.
Maktabgacha yoshdagi bolalar, o‘quvchilar, hunar bi-
lim yurti tinglovchilari yangi tipdagi maktab, oliy o ‘quv yurti
talabalarida uchraydigan o ‘quv malakalari va ko‘nikmalarini
egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvordagi kamchiliklar, intel-
lektual taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi muammolarni tashxis
qiladi.
4. Boshqa sohaning mutaxassislari bilan birgalikda psixik
rivojlanishdagi nuqsonlar xilma-xilligini
hisobga olgan holda
differensial tashxisni amalga oshiradi. Nuqsonlaming tibbiy
va defektologik tabiatini aniqlaydi. Assotsial xulq-atvor sa-
bablarini va shakllarini belgilaydi. Giyohvandlik va taksiko-
manlik, alkogolizm, o‘g‘irlik, daydilikning ijtimoiy psixologik
ildizlarini tekshiradi, omillarni tahlil qiladi.
5.
Iqtidorli talabalar, yosh mutaxassislarni tanlashda
ishtirok qilish, ilmiy psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va
unga asoslanib, ularga nafaqalar belgilashda ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: