Bola psixikasini o'rganishda tadqiqotchi bir qator prinsiplar - qoidalarga tayanishi, ularga rioya etishi lozim bo’ladi. Bu prinsiplar quyidagilardan iborat:
Ob'ektivlik prinsipi tadqiqotchidiin ma'lumotlar bilan ulaming talqinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. Masalan, mahsg’ulot davomida bola oynadan tashqariga qarayotgan edi deb aytilsa, bu muayyan hodisa haqidagi ma'lumot bo'lib hisoblanadi. Lekin “bola e’tiborsiz” deb aytish hodisaning talqinidir. Hodisaning o’zi bilan uning talqinini aralshtirib yubormaslik kerak. Chunki yuqoridagi misolda ham bola oynaga qarab turgan bo’lsa ham, tarbiyachi so’zlaiiga katta e’tibor berayotgan bo’lishi mumkin.
Sababiylik prinsipi bola shaxsi va ongida yangi sifatlami hosil bo'lishii ta’minlochi barcha shart-sharoit va omillami imkon qadar o'rganishni talab qiladi. Masalan, mshg'ulot davomida bola tez-tez oyna tarafga qarayotgan bo’lsa, bu hodisaning iloji boricha ko’proq sabablarini aniqlashga urinish kerak: ko’chadagi biron narsa bola e’tiborini o’ziga tortclimi, mashg’ulotda bola charchab qoldimi. 0’tilayotgan material bolaga yaxshi tanishmi va hokazo.
Sinchkovlik va muntazarnlik prinsipi bola psixikasi shakllanishi jarayonini, bunda psixolog va pedagoglar ta’sirini sinchkovlik bilan kuzatib borishni talab qiladi. Ushbu prinsipga muvofiq oldindan:
tadqiqot joyi va vaqti aniqlanishi kerak;
tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oraliqlarida o'tkazilishini belgilasli zarur. Ushbu bandlar belgilangach, ulardan chetga chiqmaslik kerak, j'a'ni qandaydir sub’ektiv sabablar bilan shoshilinch xulosalar chiqarmaslik, tadqiqotni bevaqt tugatish hollariga yo’l qo’ymaslik kerak. Aks holda ob’ektivlik prinsipi buzilgan b>o’ladi.