Bolani o’rganish ikki asosiy shaklda amalga oshiriladi: “ko'ndalangiga kesim” va “uzimasiga kesim” metodi deb nomlanuvchi tadqiqot shaklida amalga oshiriladi.
-12-
Tadqiqot ko'ndalangiga kesim shaklida o'tkazilganda turli yoshdagi bolalar guruhlarida muayyan psixologik jarayon, holat yoki xususiyat o’rganiladi va har xil yosh bosqichidagi bolalaming natijalari o’zaro solishtiriladi. Masalan, D.B.ELkonin kichik, o’rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalaming syujetli-rolli o'yinlariga xos xususiyatlami o’rganib, o'zaro solishtirib bolalar o’yinhiri taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatni aniqlagan. Ko’ndalangiga kesim shaklidagi tadqiqotda asosiy e'tibor sinaluvchi bolalar yoshidagi farqlarga qaratilishi kerak. Farq qanchalik kichik boTsa, psixolog-tadqiqotchi bola psixikasi va shaxsidagi muhim o’zgarishlami payqash uchun ko’proq imkoniyatga ega boTadi.
Tadqiqot uzunasiga kesim shaklida o’tkazilganda b;r yoki bir necha bolaning, muayyan vaqt oraligidagi hayoti oTganilaii. Tadqiqotchi uzluksiz ravishda bir yosh bosqichidan ikkinchisiga o’tishda bola psixikasida hulq-atvorida ro’y bemvchi o’zgarishlami aniqlab boradi. Masalan, maktabgacha taTim muassasssida yangi dastur bo'yicha ish boshlangan boTsa, muassasaga endi qabul qilingan bolalami 4-5 yil uzluksiz o’rganish orqali dastuming bola taraqqiyotiga ta’ sirini aniqlash va u haqida xulosa chiqarish mumlcin bo'ladi. Uzunasiga kesim shaklidagi tadqiqot shuningdek, ayrim hollarda longityud tadqiqot ham deb ataladi. Tadqiqotning bu shakli ancha murakkab va ko’p vaqt talav etadi.