Z. T. Nishanova, G. K. Alimova



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə31/125
tarix29.12.2021
ölçüsü0,73 Mb.
#48538
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125
Z. T. Nishanova, G. K. Alimova

Chaqaloqlik davrida psixologik rivojlanish xususiyatlari sensor va per tseptiv hamda kognitiv rivojlanish predmetlar bOan o‘ynash his-tuyg‘uning o‘sishi yoki jonlanish kompleksi

Chaqaloq tug'ilgandayoq amalda qo‘llashga tayyor bo'lgan sensor va harakat malaka instinktlariga ega bo‘ladi, bu iming olamga moslashib olib o‘z rivojlanishida tezgina o‘sib ketishga yordam beradi. Chaqaloqda tug‘ilganidan boshlab, masalan, ko‘pgina murakkkab harakatlar, asosan organizrnni yetilish jarayonida genetik berilgan dastur asosida, shuningdek, reflektor, ya’ni bu harakatlar dasturi kaliti sifatida kodlangan o‘ziga xos ichki va tashqi rag‘batlar ta'sirida hayotining birinchi soatlaridan keyin maxsus tayyorgarliksiz, darhol yuzaga keladi. Go'daklik davri inson hayotidagi organik ehtiyojlaimi (kislorodga, ovqatga. issiq yoki sovuqqa) qondirishga nisbatan yo‘naltirilgan xatti- harakatlaming tug‘ma, instinktiv shaldlari sof holda kuzatiladigan yagona davr hisoblanadi. Insonga xos bo‘lgan xatti-harakatlami va yangi tajribalami egallash uchun beqiyos irnkoniyatlaming borligi go‘dak yoshidagi bolalaming asosiy xususiyatlaridandir. Organik ehtiyojlaming yetarli darajada qondirib borilishi, to‘g‘ri tashkil etilgan kun tartibi, rejim va to‘g‘ri tarbiya natijasida bola psixik rivojlanishi uchun asos bo‘ladigan taassurotlarga ega bo‘lishiga. harakatga, muloqotga, nisbatan yangi turdagi ehtiyojlar turkumi yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Bola tug‘ilishining birinchi haftasidanoq, uning ko‘rish va eshitish sezgilari jadal sur’atda rivojlanadi.

Tug ‘ ruqxonalarda bolalar hayotlarini birinchi kunidayoq kunduzgi yorugTik tushib turgan deraza tarafiga yuzi bilan instinktiv buriladi. OTkazilgan tadqiqotlardan aniqlandiki, tug‘ilganiga bir yarim sutka boTgan bola miyasida ko‘mv organiga rangli qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga javob potensiallarini ko‘rish mumkin. Bu vaqtga kelib miyada shartli reflekslar shakllanishi jorzaga keladi.

Hid bilish eng muliim sezgi organi sifatida u tug‘ilgandan keyin darhol ishlay boshlaydi. Shunday o‘ziga. xoslikka oddiy ko‘rish, harakat va eshitish ham ega. Bola hayotining boshlang‘ich iklci oyida og‘zini chetiga qandaydir predmet bilan teginganda, bunga javoban reflektor o'girilisli qobiliyatini namoyon etadi, barmoqlari ustiga tegilsa, ulami qattiq siqib oladi, qoTlari, oyoqlari, boshi bilan umumiy

koordinatlashmagan harakatlami amalga oshiradi. Unda yana

harakatlanayotgan ob’ektlami ko‘zi bilan kuzatish, ular tomoniga boshini o'girish qobiliyati ham mavjud.


-41 -





Chaqaloq narsalaming mazasini ajrata oladi. U boshqa narsalar mazasiga qaraganda shirin suyuqlikni xush ko‘radi va hatto shirinlik darajasini aniqlay oladi. Chaqaloq hidlami sezadi, ularga boshini burish, yurak uiishi va nafas olishi chastotasining o‘zgarishi bilan javob beradi. Yana bola organizmiga o‘zini saqlash va rivojlanishiga yordam beruvchi jarayonlar guruhi tug‘ma ravishda berilishini alohida aylib o‘tish joizdir. Ular ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish. tana harorati, moddalar almashinuvi jarayonlari va hokazolami boshqarish bilan bog‘liq. Shubhasiz, so‘rish, himoyaviy, mo‘ljal oluvchi, ushlab oluvchi, tayanch harakati va qator boshqa reflekslar tug‘ma hisoblanadi, bulami barchasi bola hayotining ikkinchi oyida aniq ko‘rinadi.

O'tkir yomgiikdan bola «bevosita» ta'sirlanadi, ya’ni o'tkir yorugiikka qaray olmay, undan ko‘zini yumadi. Predmetlami ko‘z bilan idrok qila olmaydi, chunki ularda ko‘rish mexanizmi hali o‘sib yetmagan boiadi, bu mexanizmlar kattaroq yoshda paydo boiadi. Yetti - to‘qqiz kunlik bola ba'zan sekin harakatlanayotgan predmetga qarab qoladi, lekin uzoq vaqt qarolmaydi. Ko;zini bir nuqtaga qaratish psixik taraqqiyotda muhim rol o‘ynaydi. Bola ikki-uch oylik boiganda, yaqinidagi predmetlami ikki ko‘zi bilan kuzata oladi, unda asosiy rang va shakllami farq qila olish qobiliyati paydo boiadi. Olti oyligida u ranglarga nisbatan o‘z munosabatini ham bildira boshlaydi, yoqqan rangiga intilsa, yoqmaganini itaradi, undan yuzini o‘giradi. Yangi tugilgan bolaning eshitishi zaifiroq boiadi, shunga ko‘ra u hali o‘zi eshitib, odatlanib qolmagan juda kuchli qo‘zg‘ovchilarga javob beradi, lekin ovozning qaysi tomondan kelayotganligini ajrata olmaydi. Bola ikkinchi oyining oxirlariga borgandagina eshitayotgan tovushiga e’tibor bera boshlaydi, tovushning qaerdan kslayotganini qidirib, u yoq bu yoqqa ciaraydi. Tovush manbaini topishni o‘rgangan uch oylik bola gapirayotgan kishini o‘z ko‘zlari bilan tez topib oladi, o‘sha tomonga qarab, gapimvchiga o‘z munosabatini ifodalaydi. Ana shu vaqtdan boshlab, uning tevarak-atrofiga bo‘lgan munosabati ancha kengaya boradi.

Bolaning tobora diqqat bilan eshita va ko‘ra borishi uning umumiy taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga egiadir. Lekin ko‘rish, eshitish va boshqa analizatorlar faqat bolaning tevarak-atrof bilan o‘zaro munosabatida bo‘lishi natijasida takomillashadi. Bolaning o‘z ko‘zi bilan ko‘ra olishi ma'lum havot tajribasi natijasidir. Bolaning eshitish orqali idrok etishi ham oldindan tovushlami ajratishga va ulami sintez qilishga


-42 -





o'rganib boradi. Bolaning eshitib bitib olishi shartli bog‘lanishlaming sifatiga bog‘liqdir. Yangi tug‘ilgan bolada diqqat qilish qobitiyati boMmaydi. Unda turli qo‘zg‘ovchilar ta’sirida asta-sekin ixtiyorsiz diqqat rivojlanib boradi. Bolaning tasawur doirasi qancha qisqa bo‘lsa, uning o‘zi uchun tanish va yangi bo‘lgan predmetga nisbatan diqqati shuncha intensiv va davomli bo'ladi. Diqqatning psixik ta’siri ma’lum, u sezgi kompleksini idrokka aylantirib, psixik jarayonlarning o‘tishini kuchaytiradi va tasawurlaming xotirada mustahkam saqlanishiga yor- damberadi.

Bola organizmiga o'zini saqlash va rivojlanishiga yordam bemvchi jarayonlar guruhi tug‘ma ravishda berilishini alohida aylib o‘tish joizdir. Ular ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olisli tana harorati, moddalair almashinuvi jarayonlari va hokazolami boshqarish bilan bog‘liq. Shubhasiz, so‘rish, himoyaviy, mo‘ljal oluvchi, ushlab oluvchi, tayanch harakati va qator boshqa reflekslar tug‘rna hisoblanadi, bulaming barchasi bola hayotining ikkmchi oyida aniq ko‘rinadi.

Tug'ilganidan boshlab bolaning nafaqat sezgi organlari ishlashga tayyorligi maTum boTmay, balki bosh miyasi ham faol ishlay Ixjshlaydi. Onalar chaqaloqning faqatgina psixika va xulqning tug‘ma shakllarmigina bilmasdan, balki organizinni tabiiy rivojhutish jarayonini liam bilishi kerak. Hayotining birinchi oylarida harakatlarning rivojlanishi alohida ahamiyatga ega.

Chaqaloq motorikasi tugTlganidan boshlab yetarticha tashkiliylikka cga, u holatlami boshqarishga moTjallangan ko‘pgina mexanizmlami o‘z ichiga oladi. Chaqaloqda ko‘pincha oyoq-qoTlarining yuqori harakatchanlik faolligi paydo boTadi, bu kelajakda koordinatlashgan harakatlami murakkab majmuini shakllanishida ijobiy ;ihamiyatga ega. Chaqaloq bolalarda qo‘l-oyoqlar bukilib, barmoqlar musht boTib turadi.

Hayotining birinchi oylarida, bola bezovtalangan paytlarda, qo‘1 va oyoqlanung harakati juda betartib, bir-biriga moslashmagan, beixtiyor holda boTadi. Keyin harakatlar asta-sekin «ongli»lashib boradi va bu luirakatlar yangi sezgilaming manbai boTib xizmat qiladi, bu murakkabroq harakatlarga o‘tishni tayyorlaydi. 3-3,5 ciylik bola, unda luili aniq koordinatsiyalashgan harakat bo‘lmasa ham, qoTlarini o'yinchoqlarga uzatadi. Aniq koordinatsiyalashgan harakat 4 oyli bolada yaxshi ko‘rinadi. Bola o‘yinchoqni bemalol qoTiga ololadi. Uni tutib olib, u-bu yog‘iga qaraydi, og‘ziga tegizib ko‘radi va shu yo‘1 bilan ko'plab har xil taassurotlar oladi. Ikki oytik bola, qomi bilan yotqizib i|o'yilsa, boshini ko‘tara boshlaydi. Uch oylikda esa yotgan holda


-43 -





tirsagiga tiranib turadi va bemalol u yoq-bu yoqqa qaray oladi. Shu bilan birga, qo‘ltig‘idan tutib turilsa, oyog‘ida turadi. 8-8,5 oyligida boshqalfiming yordamisiz o‘tira oladi, emaklaydi va biror narsaga suyanib oyog‘ida tura oladi. 12-13 oyligida o‘tirib, tura oladi, birovning yordamisiz qadam qo‘ya oladi, demak, bola yura boshlaydi. Bolaning vaqtida yurib ketmasligiga salomatligining nochorligi, chaqaloqligida ko‘p kasal bo‘lganligi va umumiy har;ikat hamda sezj*i organlarining kech rivojlanishi sabab bo‘ladi. Bolaning harakatlari rivojlanishi hayotini birinchi yilida judayam tez maromda kechadi, o‘n ikki oy ichida erishilgan taraqqiyot hayratlanarli.

Cheklangan qo‘I-oyoq, boshni tug‘ma umumiy elementar harakatliU' to‘plamidan iborat imkor iyatga ega boigan, amalda yordamga muhtoj mavjudotdan bola kichkina odamga aylanadi, u nafaqat ikki oyoqda os-on turuvchi, bfilki muhitda nisbatan ozod va mustaqil harakatlanuvchi oyoqlar harakati bilan bir vaqtda fazoda qo‘1 bilan murakkab boshqaruv harakatlarini va atrofdagi olamni tadqiq etishga moijallangan harakatlami amalga oshira oladi. Yangi tugilgan bolada diqqat qilish qobiliyati boimaydi. Unda turli qo‘zg‘ovchilar ta'sirida asta-sekin ixtiyorsiz diqqat rivojlanib boradi. Bolaning tasawur doirasi qancha qisqa boisa, uning o‘zi uchun tanish va yangi boigan predmetga nisbatan diqqati shuncha intensiv va davomli boiadi. Diqqatrung psixik ta’siri maium, u sezgi kompleksini idrokka aylantirib, psixik jarayonlaming o‘tishini kuchaytiradi va tasawurlaming xotirada mustahkam saqlanishiga yordam beradi.





-44-




  1. Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin