Lshbu topshiriqda bolalarga 8-rasm ko‘rsatilib, topshiriqda labirintning tasvirlanganligi, unda strelka bilan labirintga kirish nuqtasi va chiqish joylari ko‘rsatilganligi tushuntirib o‘tiladi. Bunda bola uchli tayoqchfini olib, rasm ichidan yurgizib, labirintdan iml:oni boricha tez chiqib ketishi hamda tayoqchani imkoni boricha aniq yurgizib, labirint devoriga tegib ketmasligi kerak.
-149-
8-rasm
Natijalarni haholash
10 ball - topshiriq bola tomonidan 45 soniyadan kam vaqt mobaynida bajarilsa, axnmo bola tayoqcha bilan labirint devoriga biror marta ham tegib ketmasa qo‘yiladi;
8 - 9 ball - topshiriq bola tomonidan 45 soniyadan 60 soniyagacha vaqt mobaynida bajarilsa, o‘tish jarayonida 1-2 marta labirint devoriga tegib ketsa qo‘yiladi;
6-7 ball - topshiriq 60 soniyadan 80 soniyagacha vaqt mobaynida bajarilsa va labirintdan o'tisli jarayonida 3-4 marta labirint devoriga. tegib ketsa qo‘yiladi;
4-5 ball - topshiriq 80 soniyadan 100 soniyagacha bajarilsa, bola labirintdan o‘tish jarayonida, labiiint devoriga 5-6 marta tegib ketsa qo‘yiladi;