85
ma’lumotlar hosil qilinadigan eng chekka qurilma
–
DTE (Data
Terminal Equipment)
deb ataladi. DTE-larga misol qilib –
kompyuterlarni, lokal tarmoq marshrutizatorlarini va qo„l telefonlarini
keltirish mumkin. Bu qurilma aloqa chizig„i tarkibiga kiritilmaydi.
Aloqa
chizig‘ining oraliq uskunalari
odatda,
katta-katta
uzunliklarga ega bo„lgan aloqa chiziqlari tarkibida qo„llaniladi. Oraliq
uskunalar ikkita asosiy vazifani bajaradi:
- signalni sifatini yaxshilash;
- tarmoqning ikkita abonenti o„rtasida doimiy yoki uzoq muddat
ishlatiladigan tarkibiy aloqa kanalini yaratish.
Agar, lokal tarmoqlarda tarmoq adapteri boshqa kompyuterlardan
kelayotgan signallarni oraliq kuchaytirishsiz qabul qila olsa, tarmoqda
oraliq uskunalar ishlatilmasligi mumkin, aks holda konsentrator va
kommutator kabi qurilmalardan foydalanishga to„g„ri keladi.
Global tarmoqlarda esa, signallarni yuz va ming kilometrlab uzoq-
uzoq masofalarga sifatli uzatib berish kerak bo„ladi. Shuning uchun
uzoq masofalarga cho„zilgan aloqa chiziqlarini, ma‟lum bir masofadan
keyin
o„rnatilgan signallarni kuchaytirish qurilmalarisiz qurib
bo„lmaydi. Global tarmoqlarda -
multipleksor, demultipleksor va
kommutator
kabi oraliq uskunalardan ham foydalanishga to„g„ri keladi.
Bu uskunalar yordamida yuqorida keltirib o„tilgan vazifalardan
ikkinchisi,
ya‟ni ikkita abonent o„rtasida uzatish muhitining
kommutatsiyalanmaydigan
kabellar
bo„laklaridan iborat,
uzoq
muddatlarga mo„ljallangan tarkibiy kanal hosil qilish vazifasi bajariladi.
Bunday tarkibiy kanallarning ishlatish muddatlari - bir oy, bir necha
oylar yoki yillardan ham iborat bo„lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: