101 .2.14.192 –
A sinfiga mansub 101 tarmoq osti tarmog„i, undagi
kompyuterning adresi 0.2.14.192, kompyuterlarni adreslash uchun 3
bayt ajratilgan, ushbu xildagi tarmoqda kompyuterlarning maksimal soni
16 777 214 taga teng bo‟lishi mumkin (ya‟ni 2
24
).
150.2 .2.1 -
B sinfiga mansub 150.2 tarmoq osti tarmog„i, undagi
kompyuterning adresi 0.0.2.1, kompyuterlarni adreslash uchun 2 bayt
ajratilgan, ushbu xildagi tarmoqda kompyuterlarning maksimal soni
65 534 taga teng bo‟lishi mumkin (ya‟ni 2
16
).
192.168.2 .17 -
C sinfiga mansub 192.168.2 tarmoq osti tarmog„i,
undagi kompyuterning adresi 0.0.0.17, kompyuterlarni adreslash uchun
1 bayt ajratilgan, ushbu xildagi tarmoqda kompyuterlarning maksimal
soni
254 taga teng bo‟lishi mumkin (ya‟ni 2
8
) [0 va 255 adreslar
ishlatilmaydi].
Sinfsiz adreslash . Bunda 32 bitli
IP-adres bilan parallel ravishda 32
bitli
tarmoq osti tarmog‘ining maskasi ham qo„llaniladi. Maska ham
nuqtalar bilan ajratilgan to„rtta o„nlik raqamlardan iborat bo„ladi.
Maskani ikkilik raqamlar ko„rinishida ifodalanganda, uning tarmoq
adresini ko„rsatuvchi qismida 1 raqamlari, kompyuter (server) adresini
ko„rsatuvchi qismida esa 0 raqamlari yozilgan bo„ladi.
Quyidagi yozuvlarda tarmoq osti tarmog„i maskasini qanday
qo„llanilishi ko„rsatilgan.
Masalan: 129.64.134.5 raqamli IP-adres va 255.255.128.0 maska
berilgan bo„lsa,
10000001.01000000.10000110.00000101 - IP-adres
AND
11111111.11111111.10000000.00000000 - maska
Tarmoq osti tarmog„ining adresi – 10000001 01000000 10000000
- 129.64.128.0,
undagi kompyuterning adresi esa 0.0.00000110.
00000101 - 0.0.6.5 bo„ladi.
129.64.134.5 - raqamli IP-adres va 255.255.255.0 - maska berilgan
bo„lsa,
10000001.01000000.10000110.00000101