70
keyinchalik uning o‟rniga
ATM tarmog‟i ishlatila
boshlagan
ATM
1,544-155
Mbit/s
Kompyuter-
li, grafika,
ovoz,video
Yangi tarmoq, 1996 yildan
boshlab tijorat maqsadida
qo‟llanila
boshlagan, asosan
kompyuter trafigini uzatish
uchun foydalaniladi
TCP/IP
1-2 Kbit/s
Terminalli,
kompyuterli
Internet tarmog‟i
Ushbu jadvalda keltirilgan X.25, Frame Relay va SMDS global
kompyuter tarmoqlari texnologiyalaridan,
kompyuter tarmoqlari
rivojlanish
bosqichlarining
ma‟lum
bir
davrlarida
samarali
foydalanilgan.
Hozirda esa, tarmoqlar orqali barcha xildagi trafikni
uzatib bera olish imkoniyatiga ega bo„lgan
ATM (Asynchronous
Transfer
Mode
– uzatishning asinxron rejimi
)
va
TCP/IP
texnologiyalaridan
foydalanilmoqda. ATM va undan avval ishlab
chiqilgan X25 va Frame Relay texnologiyalarining tuzilishlari, 3.35-
rasmda keltirilgan tuzilishga ega bo„lib, ular ma‟lum
bir xudud
chegarasida joylashgan kompyuterlar va lokal kompyuter tarmoqlarini
o„zaro birlashtirish uchun ishlab chiqilgan edi. Ushbu texnologiyalar
ulargagina xos bo„lgan –
adreslash tizimiga va ma’lumotlarni uzatish
birliklariga
ega bo„lgan. TCP/IP tarmoqlaridan boshlab
IP-adreslash
tizimi asosida ishlovchi va ma’lumotlarni uzatish birligi sifatida
Ethernet
texnologiyasi
kadrlaridan
foydalanuvchi
tarmoqlar
qo„llanilmoqda. Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma‟lumotlarni uzatish
tezliklari, ushbu texnologiyalarning dastlabki ishlab chiqarilgan
variantlariga tegishlidir. ATM texnologiyasining keyingi ishlab
chiqilgan variantlarida ma‟lumotlarni uzatish tezligi 2-10 Gbit/sek-larga
etkazilgan. Turli xildagi marshrutizatorlar va birlamchi tarmoqlar
yordamida
qurilgan, hozirda keng qo„llanilayotgan - IP texnologiyasi
asosida
ishlayotgan
global
tarmoqlarda
ma‟lumotlarni uzatish
tezliklarini yanada oshirish imkoniyatlari paydo bo„lmoqda.
Korporativ tarmoqlarni qurish uchun foydalaniladigan global
tarmoqlar ikkita katta guruhga bo„linadi:
1.Magistral tarmoqlar.
2.Magistral tarmoqlarga ulanish imkonini beradigan tarmoqlar yoki
qisqacha ulanish tarmoqlari.
71
Territorial magistral tarmoqlardan (
backbone wide-area networks
)
korxonaning katta bo„limlariga tegishli bo„lgan yirik lokal tarmoqlarni
bir maromda ishlashini ta‟minlash maqsadida birlashtirish uchun
foydalaniladi. Magistral tarmoqqa odatda, ko„p sonli tarmoq osti
tarmoqlari
(subnets)
ulanganligi sababli, uning o„tkazish
qobiliyati
ancha yuqori bo„lishi kerak bo„ladi (3.36-rasm).
3.36-rasm. Korxona global tarmog„ining tuzilishi.
Magistral tarmoqlarga ulanish imkonini beradigan tarmoqlar
deganda, katta bo„lmagan lokal tarmoqlarni va alohida ishlaydigan
kompyuterlarni, korxona markaziy tarmog„i bilan bog„laydigan
territorial tarmoqlar tushuniladi.
Bunda ishlatiladigan dasturiy va apparat vositalar uzoqdan turib
ulanish vositalari deyiladi. Ulanuvchi, ya‟ni
mijoz tomonidan bunday
72
vositalar sifatida modem va unga kerak bo„ladigan dasturiy vositalar
qo„llaniladi. Ko„p sonli ulanuvchilar ishini, markaziy lokal tarmoq
tomonidan
uzoqdan turib ulanish serveri RAS (Remote Access Server)
ta‟minlab beradi. Bu server – marshrutizator, ko„prik va shlyuz
vazifalarini bajaruvchi dasturiy-apparat kompleksdan iborat bo„ladi.
Tarmoqlardan iborat bo„lgan
tarmoqning, ya‟ni Internet-ning
arxitekturasi 3.37-rasmda keltirilgan ko„rinishga ega bo„ladi. Tarmoqlar
orasidagi bog„lanishlar marshrutizatorlar yordamida amalga oshiriladi.
3.37 –rasm. Tarmoqlardan iborat bo„lgan tarmoq arxitekturasi –
ya‟ni Internet tarmog„i.
Dostları ilə paylaş: