61
3.27-rasm.
3.
Birgalikda foydalaniladigan xotira
arxitekturasida,
kommutatorning
kirish
porti protsessorlari, birgalikda foydalaniladigan xotiraning
kirishidagi
uzgich-ulagichlari bilan, chiqish portlari protsessorlari esa –
xotiraning chiqishidagi uzgich-ulagichlari bilan bog„langan bo„ladilar
(3.28-rasm).
3.28-rasm.
62
Birgalikda foydalaniladigan xotiraning kirish va chiqish uzgich-
ulagichlarini
chiqish portlarining navbatlar menedjeri
boshqaradi (rus
tilida - менеджер очередей выходных портов).
4.
Murakkab kommutatorlarni
ishlab chiqishda
yuqorida keltirilgan
uchta arxitekturalardan birgalikda foydalaniladi. Bunday qurilgan
kommutatorlarning tuzilishi 3.29-rasmda keltirilgan.
3.29-rasm.
Kommutatorlarning kostruktiv ishlanishi
ularni tarmoqning qaysi
qismida qo„llanilishiga qarab amalga oshiriladi.
Oddiy kommutatorlar
(rus tilida – настольные коммутаторы) va
ishchi guruhlarning
kommutatorlari
portlarining soni o„zgarmaydigan qurilmalar shaklida
ishlab chiqariladi.
Korporativ kommutatorlar
esa, o„zaro ulana
oladigan
modulli
kommutatorlar shaklida ishlab chiqariladi, ya‟ni
ularda
portlarining sonini, modullarni o„zaro ulash bilan oshirish imkoniyati
mavjud bo„ladi. Bo„limlar uchun mo„ljallangan kommutatorlar esa
stekli
konstruksiyaga ega bo„lishlari mumkin. Ularning
bir nechta qismlarini
(korpuslarini) bitta kommutatorga birlashtirib umumiy boshqarish bloki
yordamida ishlatish mumkin bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: