Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

 
 
3.2. Lokal kompyuter tarmoqlarining kommunikatsion
qurilmalari va ularning qo‘llanilishi
 
Lokal kompyuter tarmoqlarida qo„llaniladigan
 
kommunikatsion 
qurilmalarning eng oddiysi - 
konsentrator
deb ataladi (3.15-rasm). 
Konsentratorlar lokal kompyuter tarmoqlarining barcha asosiy 
texnologiyalari tarkibida qo„llaniladi. Bu texnologiyalar quyidagilardir:
Ethernet, Fast Ethernet, Gigabit Ethernet, (ArcNet, Token Ring, FDDI, 
l00VG-AnyLAN).


51 
3.15-rasm. Lokal tarmoq konsentratori. 
Har qanday lokal kompyuter tarmog„i texnologiyasiga tegishli 
bo„lgan konsentratorlarning ishlashida o„xshash tomonlari mavjud, bu 
ularning 
bir portiga kelgan signallarni (kadrlarni) boshqa portlarida 
takrorlashlaridir
. Biroq ular signallarni qaysi portlarida takrorlashlariga 
qarab bir-birlaridan ajralib turadilar. Masalan ierarxik yulduz 
topologiyasi asosida qurilgan Ethernet texnologiyasi konsentratori (3.16-
rasm, a) bir portiga kelgan signallarni o„zining boshqa 
barcha
portlarida 
takrorlab beradi. Halqa topologiyasi asosida qurilgan Token Ring yoki 
FDDI texnologiyasi konsentratorlari esa (3.16-rasm, b) bir portiga 
kelgan signalni o„zining halqa bo„yicha 
keyin 
ulangan kompyuteriga 
boradigan portidagina takrorlab beradi. 
Konsentratorlar har doim lokal kompyuter tarmog„ining 
fizik 
topologiyasini
o„zgartiradi, ammo uning 
mantiqiy topologiyasi
esa 
o„zgarmay qolaveradi. Fizik topologiya deganda, kabellarning bo„laklari 
yordamida hosil qilingagan 
bog‘lanishlar shakli
(konfiguratsiyasi), 
mantiqiy topologiya deganda esa tarmoqda mavjud kompyuterlar 
orasidagi 
axborotlar oqimi
yo„llarining shakli (konfiguratsiyasi) 
tushuniladi. 
3.16-rasm.
 
Turli xil texnologiyalarning konsentratorlari.


52 
Lokal kompyuter tarmoqlarining
uzunliklarini (diametrlarini),
konsentratorlar yordamida
oshirish
mumkin, bu tarmoqni 
fizik 
strukturalash 
deb ataladi.
Tarmoqni fizik strukturalash ko„pgina jihatlardan foydali bo„lsada, 
o„rtacha va katta o„lchamlardagi lokal kompyuter tarmoqlarini qurishni 
esa 
mantiqiy strukturalashsiz
 
amalga oshirib bo„lmaydi. Negaki 
tarmoqning har-xil segmentlari orasida uzatilayotgan trafikni taqsimlash 
muammosini, fizik strukturalash yordamida hal qilish mumkin emas. 
Katta tarmoqlarda axborotlar oqimining bir tekis bo„lmasligi tabiiy 
holdir. Katta lokal tarmoq ko„pgina ishchi guruhlarining, bo„limlarning, 
korxona filiallarining va boshqa ma‟muriy tuzilmalarning nisbatan 
kichikroq tarmoq osti tarmoqlaridan (
subnet-
lardan) iborat bo„ladi. 
Barcha fizik segmentlari, ma‟lumotlarni uzatish uchun 
birgalikda 
foydalaniladigan yagona muhit (kanal)
sifatida qaraladigan tipik (shina, 
yulduzsimon yoki halqa) topologiyali tarmoq tuzilishi, katta tarmoqdagi 
ma‟lumotlar oqimi uchun to„g„ri kelmaydi. Masalan, umumiy shinali 
lokal 
tarmoqda 
ma‟lumotlarni uzatish muhiti, ixtiyoriy ikki 
kompyuterlarni axborot almashinishi uchun ketgan hamma vaqt 
davomida egallab turilishi kerak bo„ladi (3.2-rasmga qaralsin). Kompyu-
terlar sonining oshishi, tarmoqning intensiv axborot almashinish imko-
niyatini ancha cheklab qo„yadi. Bu holni tushuntirish uchun 3.17- 
rasmda keltirilgan misollarga murojaat qilamiz. 
3.17. 
a
) – rasmda keltirilgan lokal tarmoqning fizik tuzilishi 
alohida-alohida segmentlar ko„rinishida bo„lsa ham, axborot uzatish 
muhiti 
yagonaligicha
qolgan. Negaki konsentratorlar, har qanday kadrni 
barcha segmentlarga baravar uzatib beradilar. Shuning uchun A 
kompyuterdan B kompyuterga yuborilgan kadr, 2-nchi va 3-inchi 
bo„limlar kompyuterlariga kerak bo„lmasada, u bu segmentlarga ham 
kelib tushadi. Bunda B kompyuter unga yuborilgan kadrni kabul qilib 
olmaguncha, boshqa kompyuterlar tarmoq bo„ylab ma‟lumotlarni uzata 
olmaydi. Bunday bo„lishiga sabab tarmoqning mantiqiy strukturasi 
o‟zgarishsiz qolganligidir, ya‟ni barcha kompyuterlarning 
axborot 
almashinish imkoniyatlari
teng bo„lib qolaveradi (3.17,
b
– rasm). 
Biror-bir segment kompyuterlari uchun yuborilgan ma‟lumotlarni, 
ya‟ni 
trafikni,
faqatgina shu segment chegarasidagina tarqatish (uzatish) 
– trafikni 
lokalizatsiyalash
deb ataladi. Tarmoqni 
mantiqiy strukturalash
deganda esa – tarmoqni lokalizatsiyalangan trafikli segmentlarga ajratish 
(bo„lish) tushuniladi. 


53 
3.17-rasm. Tarmoqning fizik va mantiqiy strukturalari
ko„rinishlarining bir xil emasligi. 
Lokal kompyuter tarmog„ini mantiqiy strukturalash uchun 
quyidagi 
kommunikatsion 
qurilmalar 
ishlatiladi: 
ko‘priklar, 
kommutatorlar va marshrutizatorlar. 
Ko‘prik
(bridge) – 
tarmoqda barcha kompyuterlar tomonidan 
birgalikda foydalaniladigan ma‟lumotlar uzatish muhitini mantiqiy 
segmentlarga ajratadi. Ko„prik bir segmentdan boshqa segmentga 
axborotni uzatish kerak bo„lsagina uzatadi, ya‟ni axborot yuborilayotgan 
kompyuterning adresi o„sha segmentga tegishli bo„lsagina axborot 
ko„prikdan o„tadi, aks holda esa o„tmaydi. 3.18-rasmda yuqorida 
keltirilgan tarmoqdagi markaziy konsentrator o„rniga ko„priklar qo„yilib 
hosil qilingan tarmoq keltirilgan. 
Kommutator (switch, switching hub) -
ma‟lumotlarni (kadrlarni) 
ishlash tamoili bo„yicha ko„prikdan farq qilmaydi. Kommutatorning 
ko„prikdan farqli joyi shuki, u o„ziga xos kommunikatsion 


54 
multiprotsessor bo„lib, uning har bir porti ko„prik singari ma‟lumotlarni 
ishlash algoritmi asosida mustaqil ishlaydigan maxsuslashtirilgan 
protsessorlar bilan ta‟minlangan. 3.19-rasmda esa lokal tarmoq 
kommutatorlaridan biri keltirilgan. 
 
3.18-rasm. Ko„priklar yordamida qurilgan tarmoqning mantiqiy 
strukturasi. 
3.19-rasm. Lokal tarmoq kommutatori. 
Marshrutizator (router) - 
bu qurilma katta lokal tarmoqlar 
tarkibidagi tarmoq osti tarmoqlari 
(subnet-
lar
)
ichida va ular orasida 
uzatilayotgan axborotni, ko„priklarga nisbatan yana ham ishonchliroq 
himoya qila oladi. Negaki marshrutizatorlar tarkibiy raqamli adreslar, 
ya‟ni IP-adreslar asosida tarmoqni mantiqiy segmentlarga ajratadi. Bu 
adreslarda tarmoqning nomeri degan qismi bo„ladi. Adresining ana shu 
qismi bir-xil bo„lgan kompyuterlar, bir tarmoq osti tarmog‟iga tegishli 
bo„ladi (3.20-rasm). 


55 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin