56
bittadan
Ethernet
paketlari protsessori
–
EPP (Ethernet Packet
Proctssor)
xizmat ko„rsatadi. Bundan tashqari kommutator EPP
protsessorlarining ishini muvofiqlashtirib turuvchi
tizimli modulga
ham
ega.
3.21-rasm. EtherSwitch kommutatorining tuzilishini.
Kommutator portiga kelib tushgan kadrni etib borishi kerak
bo„lgan adresini o„qish uchun, shu portning EPP
protsessori tomonidan
bu kadrning dastlabki birinchi baytlari
buferlanadi
. Kadr etib borishi
kerak bo„lgan adres aniqlab olingandan so„ng, protsessor kadrning
qolgan baytlarini kelishini kutib turmasdan,
uni ishlashni amalga
oshiradi, ya‟ni kadrni, o„sha adresga uzata olishi mumkin bo„lgan porti
orqali, uzatib berishni boshlab yuboradi (3.22-rasm).
Kadrni bunday tarzda, ya‟ni to„liq buferlamasdan uzatish
«yo‘l-
yo‘lakay kommutatsiyalash»
nomini olgan
(«on-the-fly» yoki «cut-
through»
). Kadrni bunday
uzatish mohiyati jihatidan
konveyerli
ishlashga
to„g„ri keladi, ya‟ni kadrni uzatishda ba‟zi bir bosqichlarni
bajarish
bir vaqtda
yoki
parallel
amalga oshiriladi.
Kadrni uzatish bosqichlari ketma-ketligi quyidagicha bo„ladi:
57
1.Kadrning dastlabki baytlarini, uning yuborilishi kerak bo„lgan
adresi bilan birga, kirish porti protsessori tomonidan qabul qilish.
3.22-rasm. Kadrni kommutatsion matritsa orqali uzatish.
2.Kadrni etib borishi kerak bo„lgan adresini, kommutatorning adreslar
jadvalidan, ya‟ni protsessorning kesh xotirasidan yoki tizimli modulning
umumiy jadvalidan qidirib topish.
3.Matritsani kommutatsiyalash, ya‟ni ichki kanalni xosil qilish.
4.Kirish porti protsessori tomonidan kadrning qolgan baytlarini qabul
qilib olish.
5.Kommutatsion matritsa orqali kadrning baytlarini, chiqish porti
protsessori tomonidan qabul qilib olish.
6.Chiqish porti protsessori tomonidan ma‟lumotlarni uzatish muhitiga
ulanish (ya‟ni ulanishga ruxsat olish).
7.Chiqish porti protsessori tomonidan kadrning
baytlarini tarmoqqa
uzatish. Kadrlarni konveyerli ishlash natijasida unumdorlik oshadi
(3.23-rasm).
58
3.23-rasm. Kadrni konveyerli ishlash natijasida vaqtdan yutish:
a
- konveyerli ishlash,
b
- to„liq buferizatsiyali odatdagi ishlash.
Kommutatorlarni qo„llash natijasida tarmoqning unumdorligini
oshishiga, bir nechta kadrlarni
parallel ishlash
bilan ham erishilar ekan
(3.24-rasm).
3.24-rasm. Kommutator tomonidan kadrlarni parallel uzatish.
Bunda, kommutator uning portlariga
ulangan har bir stansiyaga
yoki segmentga unda qo„llanilayotgan protokolning erishishi mumkin
bo„lgan o„tkazish qobiliyatini taqdim etadi – deb ataladi.