48
sarlavhalarini uzatish va chastotalarni almashtirib turish natijasida,
asosiy ma‟lumotlarni uzatish tezligi - ya‟ni foydali uzatish tezligi 777
Kbit/sek-dan oshmaydi. Ma‟lumotlarni uzatish muhitining o„tkazish
qobiliyati, bosh qurilma tomonidan, qolgan ettita bo„ysinuvchi
qurilmalar o„rtasida TDM texnikasi asosida taqsimlanadi.
3.13-rasm. Pikotarmoq va yoyilgan tarmoq.
Bunday arxitektura, bo„ysinuvchi qurilmalar vazifasini bajaruvchi
qurilmalarda, masalan radionaushniklarda, soddaroq protokollarni
qo„llash imkonini beradi. Pikotarmoqning nisbatan murakkab vazifalari,
odatda bosh qurilma hisoblangan kompyuterga topshiriladi.
Bluetooth,
shaxsiy elektron qurilmalarni mustaqil ishlatish uchun
mo‘ljallangan mukammal texnologiya
hisoblanadi. Shuning uchun bu
texnologiya o„zining amaliy protokollari bilan birga, to„liq protokollar
steki ishini ham ta‟minlay oladi. Bu texnologiya shu jihati bilan,
faqatgina fizik va kanal sathi vazifalarini bajaruvchi Ethernet yoki IEEE
802.11, ya‟ni WiFi texnologiyalaridan farq qiladi.
Bluetooth texnologiyasi mobil telefon bilan simsiz quloqqa taqib
qo„yiladigan eshitish qurilmalarini (naushniklarni) o„zaro bog„lash
standartlarini ishlab chiqish natijasida paydo bo„lgan.
49
Bluetooth
texnologiyasi
ishlab
chiqaruvchilari,
bu
texnologiyaning o„zi uchun mo„ljallangan
protokollarni yaratishga
intilishlarining sababi, bu texnologiyani
turli xil oddiy qurilmalarda
amalga
oshirmoqchi
ekanliklaridadir.
Shu
sababli
Bluetooth
texnologiyasi uchun aynan mos protokollar steki ishlab chiqildi, ularga
qo„shimcha ravishda prokollarning juda ko„p xillari – ya‟ni
profillari
ham paydo bo„ldi.
Profil deganda ma‟lum bir masalani echish uchun mo„ljallangan,
ya‟ni ma‟lum bir vaziyat uchun mo„ljallangan aniq protokollar to„plami
tushuniladi. Masalan: kompyuter yoki mobil telefonni simsiz naushnik
bilan o„zaro ishlay olishini ta‟minlab beradigan profil,
fayllarni uzata
oladigan qurilmalar uchun ishlab chiqilgan profil, RS-232C ketma-ket
portini emulyasiya qila oladigan profil va xokazo.
802.15.1 ishchi guruhi Bluetooth standartini IEEE 802 standartiga
moslashtirishda fizik va MAC sathlari vazifalariga to„g„ri keladigan
Bluetooth yadrosi protokollari bilan cheklangan (3.14-rasm).
3.14-rasm. Bluetooth protokollarining OSI modeliga va
IEEE 802 standartlariga mosligi.
50
1.Fizik radiosignallar sathi protokollari – bu sath axborotni uzatish
uchun foydalaniladigan signallarning chastotalari va quvvatlarini
tavsiflab beradi.
2.Chastotalarning asosiy (bazaviy) diapazoni sathi - radiomuhitda
ma‟lumotlarni uzatish kanallarini tashkil qilish
uchun javob beradigan
sath.
3.Kanallar dispetcheri.
4.Mantiqiy kanalni boshqarish uchun mo„ljallangan moslashtirish
protokoli sathi (
Logical Link Control Adaptation Layer, L2CAP
).
5.Audio sath –
SCO (Synchronous Connection Oriented link
–
ulanish uchun mo‘ljallangan sinxron kanal)
kanallari orqali tovush
uzatishni ta‟minlaydi.
6.Boshqarish sathi.
Bluetooth texnologiyasi asosida qurilgan shaxsiy tarmoqlar
(Personal Area Network, PAN)
uncha katta bo„lmagan
masofalarda,
odatda 10 metrlik radiusga ega xududda, bitta foydalanuvchiga tegishli
bo„lgan qurilmalarni o„zaro ishlashi uchun mo„ljallangan tarmoqdir.
Bunday tarmoqlarning qurilmalari tarkibiga – noutbuk, mobil telefon,
cho„ntak kompyuteri (
Personai Digital Assistant - PDA
), printer,
televizor, avtomobil va boshqa ro„zg„orda ishlatilishi mumkin bo„lgan
maishiy qurilmalar - masalan sovutgich kiritilishi mumkin.
Shaxsiy tarmoqlar ma‟lum bir kichik xududda, masalan uy
chegarasida, hamda ko„chib yuruvchi, ya‟ni mobil ulanishlarni ta‟minlab
berishi kerak bo„ladi. Ya‟ni, shaxsiy tarmoq qurilmalari egasi, ular bilan
birga bir xonadan boshqa xonaga yoki shaharlararo ko„chib
yurganida
ham, o„z ishini bajara olishi kerak bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: