10Base-T standarti tarmog„i: T
x
- uzatuvchi; R
x
- qabul
qiluvchi.
3.5- rasm.
Ethernet konsentratorlarini ierarxik tarzda ulash.
40
3.6-rasm. Optik tolali kabel.
b
)
10Base-FL standarti –
bu xil tarmoqlarning
FOIRL
standarti
tarmoqlaridan farqi shuki, kompyuter bilan konsentrator orasidagi
(konsentrator bilan konsentrator orasidagi) masofa ko„pi bilan 2 km
gacha bo„lishligidir.
c
)
10Base-FB standarti
- bu standart esa, konsentratorlarni ulash
uchun ishlatilgan. Kompyuterlar undan foydalana olmaydi. Bunda bitta
segmentning uzunligi 2 km-gacha bo„lishi, segmentlar soni esa 6-
tagacha bo„lishi (ya‟ni 5-tagacha konsentratorlar ulanishi) mumkin,
hamda tarmoqning umumiy uzunligi 2740m bo„lishi mumkin.
3.1.2.Fast Ethernet texnologiyasi
1992 yili tarmoq qurilmalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar
Ethernet texnologiyasini rivojlantirish maqsadida ikki yo„nalishni
tanlagan ikkita guruhga birlashdilar. Birinchi guruh SynOptics, 3Com va
boshqa kompaniyalardan iborat bo„lib, ular avvalgi Ethernet
texnologiyasi xususiyatlarini saqlab qolgan holda yangi texnologiyani
yaratishni maqsad qilib qo„ydilar, bu guruhning nomi
Fast Ethernet
Alliance
edi.
Ikkinchi guruh, Hewlett-Packard va AT&T kompaniyalari
boshchiligida tuzilib, ular o„z oldilariga avvalgi Ethernet tarmoqlari
kamchiliklarini yo„qotishni maqsad qilib qo„ydilar.
Fast Ethernet tarmoqlarida koaksial kabel ishlatilmaydi, shuning
uchun ularning tuzilishi - har doim kommutatorlar va konsentratorlar
asosida qurilgan ierarxik yulduz topologiyasiga ega bo„ladi (3.7-rasm).
Fast Ethernet tarmoqlari konfiguratsiyasining avvalgi - 10Base-T
va 10Base-F kabi standartlaridan farqli joyi shuki, bunda konsentratorlar
asosida qurilgan tarmoqning diametri, ko„pi bilan
200m (250m)
bo„lishi
41
mumkin. Shuning hisobiga, bu standartda
kadrni uzatish vaqti 10
baravar kichraygan
, ya‟ni axborot uzatish tezligi
100 Mbit/sek-ga
etkazilgan.
3.7-rasm. Ierarxik yulduz topologiyasi.
Fast Ethernet texnologiyasi asosida qurilgan tarmoqlarning
umumiy uzunligini -
kommutatorlardan
foydalangan holda oshirish
imkoniyati mavjud. Bunda fizik segmentlarning uzunligi uchun
belgilangan chegaralar buzilmasligi kerak. Shuning uchun katta
uzunlikka ega bo„lgan magistral lokal kompyuter tarmoqlarini qurishda
Fast Ethernet texnologiyasidan bemalol foydalanish mumkin bo„ladi.
Bunda tarmoqni ishlashi -
to‘liq dupleks rejimda
amalga oshirilishi
kerak bo„ladi.
802.3u standartiga asosan - Fast Ethernet tarmog„i uchun fizik
sathining uch xil spetsifikatsiyasi ishlab chiqilgan (3.8-rasm):
1.
100Base-TX
- beshinchi kategoriyali ikkita juftli (to„rtta simli)
ekranlanmagan o„ralma juftlik (UTP) yoki Type 1-li ekranlangan
o„ralma juftlik (STP) kabeli uchun.
42
2.
100Base-T4
- uchinchi, to„rtinchi yoki beshinchi kategoriyali to„rtta
juftli (sakkizta simli) ekranlanmagan o„ralma juftlik (UTP) kabeli
uchun.
3.
100Base- FX
- ikkita tolali optik kabel uchun.
Bu spetsifikatsiyalarning fizik sathi tarkibiga uchta element kiritilgan:
- moslashtirish sathi (
Reconciliation sublayer
);
- uzatish muhitiga bog„liq bo„lmagan interfeys (
Media Independent
Interface, MII
);
- fizik sath qurilmasi (
Physical layer device, PHY
).
MII ulagichi 40 ta ulanish nuqtalariga ega. Uning maksimal
uzunligi 1m. MII interfeysi orqali uzatiladigan signallar amplitudasi 5V-
ga teng.
Fast Ethernet texnologiyasida ham, boshqa koaksial kabel
ishlatilmagan Ethernet tarmoqlari variantlari kabi, bog„lanishlar
konsentratorlar yordamida amalga oshirilganda, qurilgan tarmoqni
to„g„ri ishlashini ta‟minlash uchun bu texnologiyada quyidagi qoidalarni
hisobga olish kerak bo„ladi:
- DTE-larni (
Data Terminal Equipment
- ma‟lumotlar hosil
qilinadigan eng chekka qurilma, ya‟ni kompyuterlarni) DTE-lar bilan
bog„lovchi segmentlarning maksimal uzunligiga cheklov;
- konsentratorlarni DTE-lar bilan bog„lovchi segmentlarning
maksimal uzunligiga cheklov;
- tarmoqning maksimal diametriga bo„lgan cheklov;
- konsentratorlarning maksimal soni va ularni o„zaro bog„lovchi
segmentlarni uzunligiga cheklovlarga rioya qilish kerak bo„ladi.
3.8-rasm. Fast Ethernet texnologiyasi fizik sathining spetsifikatsiyalari.
43
Kommutatorlar va I-sinf takrorlovchilari yoki konsentratorlari
yordamida qurilgan Fast Ethernet texnologiyasi tarmog„ining tuzilishi
3.9-rasmda keltirilgan.
3.9-rasm. Fast Ethernet tarmog„ining I-sinf takrorlovchilari
(konsentratorlari) yordamida qurilgan ko„rinishi.
Fast Ethernet standarti konsentratorlari ikki xil bo„lishi mumkin:
1.I-sinf konsentratorlari, ularda 100Base-TX, 100Base-FX va
100Base-T4 larda ishlatiladigan portlar mavjud bo„ladi.
2.II-sinf konsentratorlari, ularda esa 100Base-T4 yoki 100Base-TX va
100Base- FX portlari mavjud bo„lishi mumkin. Bu standartda «4 tagacha
xablar» qoidasi o„rniga «1-ta yoki 2-tagacha xablar» qoidasi amal qiladi.
Ethernet
texnologiyalari
oilasiga
mansub
tarmoq
texnologiyalarining hozirda ishlab chiqarilayotgan va doimiy ravishda
takomillashtirilib kelinayotgan
1, 10, 40 va 100 Gbit/sek
tezliklarda
ishlay oladigan Gigabit Ethernet texnologiyalarining tuzilishlari
yuqorida ko„rib o„tilgan Ethernet va Fast Ethernet texnologiyalari
standartlarining
tuzilishlari bilan
o‘xshashdir.
Gigabit Ethernet texnologiyalarida ma‟lumotlarni uzatish tezligini
oshirish maqsadida, turli xil kodlash va turli xil ma‟lumotlarni uzatish
44
usullarini ishlab chiqish bilan birga, tarmoqlarning segmentlarini va
kompyuterlarini ulash uchun ishlatiladigan kabellarning
uzunliklarini
ham o„zgartirishga to„g„ri kelgan. Masalan: tezlik yuqori bo„lishini
ta‟minlash uchun 1 Gbit/sek tezlikda ishlaydigan Gigabit Ethernet
texnologiyasida qo„llanilishi mumkin bo„lgan koaksial kabelning
uzunligi 25 m-dan, ushbu texnologiyaning 1000Base-LX standartida
esa, ko„pmodali optik tolali kabelning uzunligi 500 m-dan va 10G
Ethernet texnologiyasining 10GBase-T standartida esa, UTP –
ekranlanmagan o„ralma juftlik kabelining uzunligi 55 m-dan oshmasligi
kerak deb belgilab qo„yilgan.
Dostları ilə paylaş: |