Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


35 
3.KOMPYUTER TARMOQLARI TEXNOLOGIYALARI VA 
ULARDA QO‘LLANILADIGAN KOMMUNIKATSION 
QURILMALAR 
 
3.1. Lokal kompyuter tarmoqlari texnologiyalari 
 
3.1.1.Birgalikda foydalaniladigan muhitga ega lokal kompyuter 
tarmoqlari texnologiyasi - Ethernet texnologiyasi 
 
Birgalikda foydalaniladigan muhitga ega lokal kompyuter 
tarmoqlari texnologiyalari deganda 1980 yillarda ishlab chiqarilgan - 
Ethernet, Token Ring va FDDI kabi lokal tarmoq texnologiyalari 
tushuniladi. Ular tipik topologiyalar hisoblangan - umumiy shina, yulduz 
yoki halqa topologiyalari asosida qurilgan edi. Ushbu texnologiyalar 
kompyuter tarmoqlari qo„llanila boshlagan dastlabki yillarda ancha keng 
ishlatilgan. Keyinchalik esa, asosan Ethernet texnologiyasi mansub 
kompyuter tarmoqlari standartlari ko„plab ishlab chiqarilgan va 
amaliyotda ham keng qo„llanila boshlagan. Birgalikda foydalaniladigan 
muhitdan, na faqat yuqorida sanab o„tilgan lokal tarmoq texnologiyalari, 
balki hozirda ishlab chiqarilayotgan va qo„llanilayotgan, simsiz lokal 
tarmoqlarda va telekommunikatsion tarmoqlarda ham foydalanib 
kelinmoqda. Kompyuter tarmoqlari va umuman zamonaviy tarmoqlarni 
o„rganishda, birgalikda foydalaniladigan muhit tushunchasi muhim 
tushunchalardan biri bo„lganligi uchun, ushbu o„quv qo„llanmada ham 
unga 
tushuntirishlar 
berishni 
lozim 
deb 
topdik. 
Birgalikda 
foydalaniladigan muhit haqidagi tushuntirishlar o„quv qo„llanmaning 3.2 
va 4.2.3 paragraflarida keltirib o„tilgan. 
Ushbu paragrafda, hozirda juda keng tarqalgan - Fast Ethernet va 
Gigabit Ethernet texnologiyalarining dastlabki vakili bo„lgan Ethernet 
texnologiyasining standartlari ko„rib chiqamiz. Bunga sabab ancha 
yuqori tezliklarda ishlaydigan, keyinchalik ishlab chiqilgan Fast 
Ethernet va Gigabit Ethernet texnologiyalariga, aynan Ethernet 
texnologiyasi standartlarining tuzilishlari va uning ishlash algoritmlari 
asos qilib olinganligidir. Ethernet texnologiyasi standartlarida, ma‟lumot 
almashinish jarayoni birgalikda foydalaniladigan muhit asosida amalga 
oshirilgan. Ethernet texnologiyasida ma‟lumotlarni uzatish muhitiga 
ulanish uchun - 
CSMA/CD (Carrier Sense Multiple Access with 
Collision Detection)
tashuvchi signalni anglay va to„qnashuvlarni 


36 
aniqlay oladigan jamoa bo„lib ulanish usuli, ya‟ni 
ma’lumotlarni uzatish 
muhitidan birgalikda foydalanish
usuli qo„llanilgan.
Ethernet texnologiyasi tarkibida to„rtta standart mavjud bo„lib, ular 
quyidagicha belgilab qo„yilgan:
1.10Base-5 standarti; 
2.10Base-2 standarti; 
3.10Base-T standarti; 
4.10Base-F standarti. 
Yuqoridagi 
yozuvlarda 
keltirilgan 
10 
raqami, 
Ethernet 
texnologiyasiga mansub kompyuter tarmoqlaridagi ma‟lumotlarni 
uzatish tezligini bildiradi, bu tezlik 10 Mbit/sekundga tengdir. 
Yozuvlardagi 5, 2 raqamlari va T, F harflari esa, ularda qo„llanilgan 
ma‟lumotlarni uzatish muhiti, ya‟ni kabelning turini ko„rsatadi. Ethernet 
texnologiyasi standartlariga tegishli bo„lgan ma‟lumotlarni va ularning 
qanday tuzilganliklarini alohida-alohida ko„rib chiqamiz.
1.10Base-5 standarti.
Bu standart Xerox firmasi tomonidan ishlab 
chiqarilgan tarmoq bo„lib uni - klassik Ethernet yoki asosiy Ethernet 
tarmog„i deb atalgan. 10Base-5 standartida ma‟lumotlarni uzatish muhiti 
sifatida 50 Om to„lqin qarshiligiga ega bo„lgan 
koaksial kabel
ishlatilgan 
(3.1. a) - rasm).
a) b) 
3.1-rasm. Koaksial kabellarning xillari. 
Ushbu kabelning markazidan o„tgan mis simning diametri 2,17 
mm-ga teng bo„lgan. RG-8 va RG-11 kabellari ana shunday 
ko„rsatgichlarga ega kabellar hisoblanadi. Bu standartni «
yo‘g‘on 


37 
Ethernet
» ham deb atalgan. Kabelining tashqi diametri 10 mm- ga teng 
edi. Bu kabel barcha stansiyalar, ya‟ni kompyuterlar uchun 
monokanal 
(yagonakanal) 
sifatida ishlatilgan, ya‟ni ushbu standart - 
umumiy shina 
topologiyasiga 
ega 
bo„lgan (1.4-rasmga 
va 
unga 
berilgan 
tushuntirishlarga qaralsin). 10Base-5 standartida «5-4-3 qoidasiga» amal 
qilish kerak bo„lgan. Bu ko„pi bilan 5-ta segment, 4-ta takrorlovchi va 
kompyuterlar ulanishi mumkin bo„lgan 3-ta segmentning mavjud bo„la 
olishini anglatadi. 3.2-rasmda 10Base-5 standartiga o„xshash bo„lgan, 
umumiy shina topologiyasi asosida qurilgan 10Base-2 tarmog„ining bitta 
segmenti ko„rsatilgan. 10Base-5 standartida har bir segmentining 
uzunligi ko„pi bilan 500m gacha bo„lgan. Ularning oxirlarida 50 Om 
qarshilikka ega bo„lgan terminatorlar ulangan.
2.10Base-2 standarti.
10Base-2 standarti ham -
umumiy shina 
topologiyasiga ega bo„lib, unda axborotni uzatish muhiti sifatida 
markazidan diametri 0,89 mm bo„lgan mis sim o„tgan, tashqi diametri 
esa 5mm bo„lgan 
ingichka koaksial kabeldan
foydalanilgan (3.1. b)-
rasm). Bu standart - 
«ingichka» Ethernet 
deb atalgan
.
Kabelning to„lqin 
qarshiligi 50 Om-ga teng. RG-58/U, RG-58 A/U va RG-58 C/U 
kabellari ana shunday ko„rsatgichlarga ega kabellar hisoblanadi. 10Base-
2 standartida bitta segmentning uzunligi ko„pi bilan 185m bo„lishi 
mumkin. Segmentning ikki tomonida, ya‟ni oxirlarida 50 Om 
qarshilikka ega bo„lgan terminatorlar ulangan bo„lishi kerak. 10Base-2 
standartida takrorlovchilarni ishlatib tarmoqning uzunligini oshirish 
imkoniyati bo„lgan. Bunda ham 10Base-5 standartidagi kabi, «5-4-3 
qoidasiga» amal qilish kerak bo„lgan. Tarmoqning maksimal uzunligi 
5x185 = 925m-ni tashkil qilgan. Bitta segmentdan iborat bo„lgan 
10Base-2 tarmog„ining ko„rinishi 3.2-rasmda keltirilgan.
3.2-rasm. 10Base-2 standarti tarmog„i. 


38 
3.10Base-T standarti
. 10Base-T tarmog„ida ma‟lumotlarni uzatish 
muhiti sifatida 
ekranlanmagan o‘ralma juftlik
 
(
Unshielded Twisted 
Pair, UTP
) kabeli ishlatilgan. 3-inchi kategoriyali ko„p juftli (2 ta, 4 ta 
juftli) UTP kabeli telefon appratlarini ulash uchun ham ishlatilgan. 
Shuning uchun ularni 
Voice Grade
, ya‟ni tovushni uzatish kabeli ham 
deb ataladi (3.3-rasm). 
3.3-rasm. Ekranlanmagan o„ralma juftlik kabeli. 
Bunda o„ralma juftlikning bittasi, kompyuterdan konsentratorga 
ma‟lumotlarni uzatish uchun 
(T
x
),
ikkinchisi esa konsentratordan 
kompyuterga ma‟lumotlarni uzatish uchun 
(R
x
)
ishlatilgan (3.4-rasm). 
Bu kabelning uzunligi ko„pi bilan 100m bo„lishi mumkin.
10Base-T standartida «4-tagacha konsentratorlar» qoidasi amal 
qiladi. Shunga asosan tarmoqning uzunligi ko„pi bilan 500m-ni tashkil 
qiladi. Ya‟ni 5-ta segment har biri 100m-dan bo„lganda tarmoqning 
diametri 500m bo„ladi (3.5-rasm). Tarmoqqa ko„pi bilan 1024-ta 
kompyuter ulashga ruxsat beriladi. Bunga konsentratorlarni ikki sathli 
ierarxik ko„rinishda ulash bilan erishish mumkin bo„ladi. 
4.10Base-F standarti
. 10Base-F standartida ma‟lumotlarni uzatish 
muhiti sifatida o„tkazish qobiliyati 500-800 MGs bo„lgan, uzunligi esa 1 
km-gacha etkazilishi mumkin bo„lgan, nisbatan arzon hisoblangan optik 
tolali kabel ishlatilgan (3.6-rasm). Bu standartning tuzilish chizmasi 
10Base-T standartining chizmasi bilan bir xil bo„lgan (3.4; 3.5-
rasmlardagidek). Bunda ham, tarmoq adapterini konsentrator bilan ulash 
uchun ikkita kabel (optik tolali kabellar) ishlatilgan, ya‟ni adapterning 
T

chiqishi, konsentratorning R

kirishi bilan

va adapterning R
x
kirishi 
esa konsentratorning T

chiqishi bilan ulangan.
10Base-F standartining uch xil varianti mavjud: 
a
)
FOIRL (Fiber Optic Inter-Repeater Link) standarti - 
bu 
variantda konsentratorlar orasidagi masofa ko„pi bilan 1 km, tarmoqning 


39 
umumiy uzunligi, ya‟ni diametri esa 2500m bo„lishi mumkin. Ixtiyoriy 
olingan stansiyalar orasida 4-tagacha konsentratorlar ulanishi mumkin, 
ya‟ni «4-tagacha xablar» qoidasi amal qilishi kerak bo„lgan. 
3.4- rasm.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin