Z. Z. Miryusupov, J. X. Djumanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#168638
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

transport va 
axborot
xizmatlariga ham ajratish mumkin. Telefon orqali gaplashish -
transport xizmatiga, telefon tarmoqlaridagi so„rovlarga javob berish 
xizmatlari yoki veb-saytlar esa axborot xizmatlariga misol bo„la oladi. 
Axborot-telekommunikatsiya vositalari xizmatlaridan foydalanuv-
chi mijozlarni ikkita katta guruhga ajratish mumkin: ko„p sonli 
alohida-
alohida ishlovchi mijozlar va korporativ mijozlar.


25 
Alohida-alohida ishlovchi mijozlar uchun ulanish va xizmatlarning 
arzon bo„lishi, uylarda mavjud telefon simlari va televizon
koaksial
kabellardan foydalanish mumkinligi muhim hisoblanadi. Hozirda 
bunday mijozlar uchun optik tolali kabellardan ham foydalanish mumkin 
bo„lmoqda. 
Korporativ mijozlar deganda esa har-xil katalikka ega bo„lgan 
korxona va tashkilotlar tushuniladi. Bunda katta xududlarga yoyilgan 
bo„lim va filiallarga ega bo„lgan katta korxonalarga nisbatan qo„proq 
xildagi xizmatlar kerak bo„ladi. Bunday xizmatlardan biri bo„lib 
virtual 
xususiy tarmoq
(VPN – Virtual Private Network)
hizmati hisoblanadi. 
Aloqa operatorlari xizmat ko„rsatish xududlarining katta-
kichikligiga qarab - 
lokal, mintaqaviy, milliy va mamlakatlararo
operatorlarga bo„linadilar (2.6-rasm). 
2.6-rasm. Har-xil aloqa operatorlari o„rtasidagi o„zaro bog„lanishlar. 
Lokal operatorlar shahar yoki ma‟lum bir kattalikda qishloq 
xududlarida ishlaydilar. Ko„pchilikka tanish bo„lgan ana‟naviy lokal 


26 
operator – bu shahar telefon tarmog„i operatori hisoblanadi, ya‟ni shahar 
avtomatik telefon stansiyasi (ATS).
AQSH terminologiyasi bo„yicha 
bunday operatorlarni 
ILEC (Incumbent Local Exchange Carriers)
lar deb 
ataladi. Bu xildagi operatorlar shahar xududida joylashgan transport 
infrastrukturasiga ega bo„ladi: ya‟ni ular - abonentlarga (kvartiralardagi, 
uylardagi va ofislardagi) va aloqa bog„lanmalari o„rtasidagi fizik 
kanallarga, ATSlar va ular orasidagi aloqa kanallariga ega bo„ladilar. 
Hozirgi paytga kelib avvalgi ananaviy lokal operatorlar qatoriga, 
birinchi navbatda internet xizmatlarini ko„rsatadigan 
alternativ 
lokal 
operatorlar qo„shildi, bular 
CLEC (Competitive Local Exchange 
Carriers)
lar deb ataladi. CLEC-lar telefon xizmatlarini ham ko„rsata 
oladilar. 
POP
 
(Point Of Presents)
– ulanish nuqtalari. Bu mijozlardan 
keladigan ko„p sonli aloqa kanallarini, aloqa operatorlariga ulaydigan 
qurilmalar joylashgan xona yoki binodir. Bunday ulanish nuqtalari 
markaziy ofis 
(Central Office - CO) 
deb ham ataladi. 
Mintaqaviy va milliy operatorlar ancha katta-katta xududlarga 
xizmat ko„rsata oladilar va shuncha mos transport infrastrukturasiga ega 
bo„ladilar, ya‟ni ularning tarkibida lokal operatorlar o„rtasida telefon 
trafiklarini tranzit yo„llar bilan uzatish uchun mo„ljallangan yuqori 
tezlikdagi aloqa kanallariga ega bo„lgan katta tranzit ATS-lar bo„ladi. 
Bunday operatorlar 
operatorlarning - operatorlari
(
Carrier of carriers

deb ataladi. Ularning mijozlari bo„lib lokal operatorlar, yoki 
mintaqadagi yoki mamlakatlardagi shaharlarda o„zining bo„lim va 
filiallariga ega bo„lgan katta korxonalar hisoblanadi. Odatda bunday 
operatorlar katta-katta hajmdagi axborotlarni hech qanday ishlovsiz, 
katta-katta masofalarga uzatib berish vazifasini bajaradi. 
Mamlakatlararo operatorlar
- bir nechta mamlakatlar xududlarida 
xizmat 
ko„rsatadilar.
 
Mamlakatlararo 
operatorlar 
2.6-rasmda 
keltirilmagan. Bunday operatorlarga - 
Cable 

 Wireless, Global One 
va

Infonet
kabi operatorlarni misol qilib keltirish mumkin. Ular bir nechta 
mamlakatlarni va hatto kontinentlarni qamrab olgan o„zlarining xususiy 
magistral tarmoqlariga egadirlar. Bunday operatorlar ko„p xollarda 
milliy operatorlar bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradilar, ular 
mijozlarga axborotlarni etkazib berish uchun milliy operatorlarning 
ulanish tarmoqlaridan ham foydalanadilar. Har-xil turdagi aloqa 
operatorlari o„rtasida, o„zaro aloqalar qanday amalga oshirilganligini 
2.6-rasmda keltirilgan chizmada ham ko„rish mumkin. 
4.Internet tarmog‘i.
 
Internet bu yagona boshqaruv markaziga ega 


27 
bo„lmagan, ammo bir xil qoidalar asosida ishlaydigan, hamda o„zining 
barcha foydalanuvchilariga barcha xil xizmatlarni, bir xilda ko„rsata 
oladigan tarmoqdir. Internet tarmoqlardan iborat tarmoq bo„lib, uning 
tarkibiga kirgan har bir tarmoq mustaqil hisoblangan Internet xizmatlarini 
taklif etuvchi operatorlar – 
ISP (Internet Service Provider)
-lar tomonidan 
boshqariladi. Internetning ishlashi avvaldan mavjud bo„lgan barcha aloqa 
operatorlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Hozirga kelib bu aloqa 
operatorlari qatoriga, asosiy ishi Internet xizmatlarini taqdim qilishga 
yo„naltirilgan ko„p sonli yangi aloqa operatorlari ham qo„shildi. Shuning 
uchun 
Internetning 
tuzilishi 
avvalgi 
bo„limda ko„rib o„tilgan 
telekommunikatsion tarmoq tuzilishiga o„xshashdir. Internetning umumiy 
tuzilish chizmasi 2.7-rasmda keltirilgan. 
2.7-rasm. Internetning tuzilish chizmasi. 
Xizmatlarni taqdim qilishning magistral tarmoqlari, millatlararo aloqa 
operatorlariga o„xshash tarmoqlar hisoblanadi. Ular katta-katta xududlarni 
birlashtiruvchi o„zlarining xususiy transport magistrallariga egadirlar. Bu 
xududlarning kattaliklari – biron bir davlat, kontinent yoki butun er shari 
miqyosida ham bo„lishi mumkin. Magistral ISP-larga misol qilib – 
Sable & 


28 
Wireless, WorldCom 
va
Global One
magistral tarmoqlarini keltirish 
mumkin. 
Xizmatlarni taklif qiluvchi mintaqaviy tarmoqlar esa, biron bir mintaqa 
– shtat, graflik, okrug yoki viloyat xududlari miqyosida ish yuritadilar. 
Shahar xududi miqyosida faoliyat yuritadigan aloqa operatorlari tarmoqlari 
esa, xizmatlarni taklif qiluvchi lokal operatorlar deb ataladi.
Mintaqaviy operatorlar o„zaro ulanishlarini osonroq tashkil qilishlari 
uchun, Internet tarmog„ida maxsus 
axborot almashinish markazlari
ko„zda 
tutilgan. Ular ko„p sonli aloqa operatorlarini o„zaro bog„lashlarni amalga 
oshirib beradilar. Bunday axborot almashinish markazlari 
Internet eXchange 
(IX) yoki Network Access Point (NAP)-
lar deb ataladi. 
ISP-larni ko„rsata oladigan xizmatlarining xillariga qarab quyidagi 
sinflarga ajratilishi mumkin: 
- Internet-kontentni ta‟minlovchi provayderlar (
Internet Content 
Provider - ICP
); 
- Xosting xizmatlarini ta‟minlovchi provayderlar (
Hosting Service 
Provider - HSP); 
- Kontent etkazib berishni ta‟minlash provaydarlari (
Content Delivery 
Provider - CDP); 
- Ilovalarni qo„llab turishni ta‟minlash provayderlari (
Application 
Service Provider - ASP); 
- Billing xizmatlarini ta‟minlash provayderlari (
Billing Service 
Provider - BSP). 
Foydalanuvchilar nuqtai nazaridan Internet deganda turli xil 
tarmoqlar – ya‟ni ISP tarmoqlar, korporativ tarmoqlar, uyda turib 
ishlaydigan foydalanuvchilarning tarmoqlari va kompyuterlaridagi 
axborot resurslaridan iborat tarmoq deb qaraladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin